📌 TADQIQOTCHILAR DIQQATIGA!
Samarqand davlat pedagogika institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan, shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli xatiga muvofiq qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.
Malakaviy imtihon topshiriladigan ixtisosliklar:
▪️ 09.00.01 — Ontologiya, gnoseologiya va mantiq;
▪️ 09.00.02 — Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi;
▪️ 09.00.03 — Falsafa tarixi;
▪️ 09.00.04 — Ijtimoiy falsafa;
▪️ 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi;
▪️ 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya, pedagogika, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha).
Qo‘shimcha fanlar:
▪️ Pedagogika nazariyasi va tarixi;
▪️ Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat;
▪️ Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari;
▪️ Fan falsafasi va texnika falsafasi.
📥Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlar 2026-yil 31-oktabrga qadar Telegram tarmog‘idagi ✅ @SamDPI_malakaviy_imtihon kanali orqali qabul qilinadi.
🌐SamDPI Matbuot xizmati
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
