😊Institut hududiga 200 tup “Yapon saforasi” ekildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekishda tuproqning ball bonitetini hisobga olish hamda agrotexnik talablarga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Aksiya doirasida institut hududiga 200 tup “Yapon saforasi” ko‘chati ekilib, hududni yanada obod va ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shildi.
🤓SamATI Axborot xizmati
📱Website 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube
Post #13341
434







- 👍 3
- 🔥 2
- ⚡ 1
- 👏 1
- 👌 1