📌Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasining Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani partiya tashkilotlari hamkorligida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–206-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi Xo‘jaqul Muxammadiyev va boshqalar Farmonda belgilangan vazifalar, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, mikroplastikalar bilan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish masalasi muhokama qilindi. Plastik chiqindilarni kamaytirish, ularni saralash, tabiatga tashlamaslik hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida “Yashil makon” loyihasini samarali amalga oshirish, yashil hududlarni kengaytirish va mikroplastikalar tarqalishiga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
🤓SamATI Axborot xizmati
📱Website 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube
Post #13332
268









- 👍 1
- 👏 1
- 👌 1