😊Institutda Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
🗓15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Agrobiologiya fakultetida talaba-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirni fakultet dekani, professor S.T. Sanayev ochib berdi. Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent L.B.Xalmirzayeva mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirdi.
▶️Davra suhbatida Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtirish brigadiri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mahbuba Normurodova hamda farroshlar brigadiri, Mustaqilligimizning 35 yilligi ko‘krak nishoni sohibi Dilshoda Turopova ishtirok etdilar. Mehmonlar o‘z hayot yo‘llari va ko‘p yillik mehnat tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kasbga sadoqat, mehnatsevarlik va mas’uliyatning ahamiyatini ta’kidladilar. Ularga institut nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
🌱Suhbatning amaliy davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mehmonlar va talaba-qizlar ishtirokida institut hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tashabbus hududni obodonlashtirish, tabiatga mehr va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.
✅Mazkur tadbir talaba-qizlarda mehnatga hurmat, kasbga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
🤓SamATI Axborot xizmati
📱Website 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube
Post #13322
581










- 👍 4
- 👏 1
- 👌 1