🇺🇿✨ MILLIYLIK — O‘ZLIGIMIZ KO‘ZGUSI! ✨🇺🇿
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti «Lider qizlar» jamoasi tomonidan Milliy liboslar kuniga bag‘ishlab tayyorlangan fotolavhalar! 🤍
Milliy liboslarimiz — xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati va asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlarining go‘zal ifodasidir. Har bir naqshida tarix, har bir bezagida nafosat, har bir libosida esa millatimizning o‘ziga xosligi mujassam. 🌷
Milliy libos kiyish — shunchaki an’anaga amal qilish emas, balki o‘zligimizni anglash, ajdodlar merosini qadrlash va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni namoyon etishdir.
✨ Zero, milliyligini qadrlagan xalqning o‘zligi ham, g‘ururi ham, kelajagi ham buyukdir!
🌺 Milliyligimiz — faxrimiz, qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube
Post #10376
403
- 🔥 2