🇺🇿 “MARD AJDODLAR YO‘LI — BIZNING YO‘LIMIZ”
📍 Samarqandda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand viloyati Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyida Samarqand viloyati Faxriylar kengashi, Markaziy harbiy okrug Faxriylar kengashi a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Mard ajdodlar yo‘li — bizning yo‘limiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida xalqimizning ozodligi va Vatan ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan mard ajdodlarimizning hayot yo‘li, jasorati va boy tarixiy merosi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, qatag‘on qurbonlarining xotirasini yod etish, tarixiy haqiqatni yosh avlodga yetkazish hamda ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yoshlarning tariximizni chuqur anglashlari, ajdodlarimizning mardlik va matonatidan ibrat olishlari hamda yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etishlariga xizmat qildi.
🇺🇿 Mard ajdodlar xotirasi — qalbimizda, ularning jasorati esa biz uchun hamisha ibrat maktabidir!
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube
Post #10361
472







- 🔥 3