🏆 “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” — REKTOR KUBOGI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! 🎭
📍 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining “Rektor kubogi” bellashuvi yakunlandi.
🥇 1-o‘rin — “Kleopatra” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Moliyachi” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Dominant” jamoasi
🇺🇿 Bellashuv davomida jamoalar o‘zlarining zukkoligi, hozirjavobligi, ijodkorligi va sahnadagi mahoratini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
✨ Mazkur tanlov talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
🏆 Tanlov yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi Meliyev Xudoyor Toshqobilovich ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.
👏 G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi bellashuvlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube
Post #10353
482








- 🔥 3