TGViewer
ISFT Samarqand filiali ISFT Samarqand filiali @samarqand_isft · 2.96K subscribers
Post #3306 621
Uchta muhim kelishuv: ISFT va Yeungjin University hamkorligi kengaymoqda

Xalqaro hamkorlik — shunchaki imzo emas, balki yangi bilimlar, akademik tajriba va istiqbolli loyihalar sari ochilgan yo‘ldir!
ISFT Instituti va Janubiy Koreyaning Daegu shahridagi Yeungjin University o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchta muhim hujjat imzolandi: hamkorlik memorandumi yangilandi, talabalar almashinuvi hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🎓Quvonarlisi: ISFT’ning to‘rt nafar professor-o‘qituvchilari uchun mezbon universitet ta’minlaydigan turar joy bilan bepul malaka oshirish dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🤝Hamkorlik kelishuvlariga muvofiq, har o‘quv yilida ISFT’ning 3 nafargacha talabasi TOPIK 3 yoki undan yuqori sertifikat va universitet tasdig‘i asosida 100% kontrakt imtiyoziga, shuningdek, 10 nafar talaba esa almashinuv dasturida qatnashish uchun kontrakt to‘lovidan 50% chegirmaga ega bo‘ladi.

🌏Hamkorlik qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ta’lim dasturlari va xalqaro konferensiyalar bilan ham davom etadi. Yeungjin University 2026-yil 30-oktabr kuni ISFT Samarqand kampusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada hamkor universitet sifatida ishtirok etadi.
✅ ISFT xalqaro hamkorlikni hujjatlarda emas, amaliy imkoniyatlar va aniq tashabbuslarda namoyon etmoqda!

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 🔥 4
  • 👍 2
More from @samarqand_isft
  1. Oct 15, 2026ISFT SAM LIVE — BU ENDI BIZNING MAYDON! 🎓Talabalik — bu shunchaki darslar, imtihonlar va…
  2. Oct 14, 2026KEYINGI SEMESTRNI MALAYZIYADA O‘QISHGA TAYYORMISIZ? 🇺🇿🇲🇾 ISFT Instituti va Universiti…
  3. Oct 14, 2026ILMGA EHTIROM, MEHNATGA E’TIROF! ISFT JAMOASIDA YANA BIR QUVONCHLI YANGILIK! 💐Har bir ilm…
  4. Oct 14, 2026📰 OAV BIZ HAQIMIZDA 🇰🇷 ISFT va Honam universiteti hamkorligi Koreya OAV nigohida! Janub…
  5. Oct 14, 2026Post #3299
  6. Oct 14, 2026Post #3298
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →