💐Har bir ilmiy yutuq ortida izlanish, sabr, fidoyilik va yillar davomida to‘plangan tajriba mujassam. Bugun ana shu mehnatning munosib e’tirofi biz uchun quvonchli xabarga aylandi!
ISFT instituti Samarqand filiali “Gumanitar fanlar va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tovbayeva Mukaddam Safarovnaga dotsent ilmiy unvoni berildi!
2024-yildan buyon institutimizda faoliyat yuritayotgan Mukaddam Safarovna talabalarga psixologiya fanlaridan saboq berib, yosh avlodning bilimli, teran fikrlaydigan va hayotga ongli qaraydigan mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Mukaddam Safarovna, ushbu yutug‘ingiz muborak bo‘lsin! Ilm yo‘lidagi qadamlaringiz bardavom, izlanishlaringiz samarali, shogirdlaringizning yutuqlari esa doimo faxringizga aylansin. Sizga jamoamiz nomidan yangi ilmiy marralar, oilaviy baxt va cheksiz quvonchlar tilaymiz!
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



