🇺🇿🇰🇷 ISFT Instituti rahbariyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida Gwangju shahridagi Honam University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❤️ Muzokaralarda turizm, mehmonxona boshqaruvi, menejment va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida akademik almashinuvni rivojlantirish, aviatsiya sohasi bo‘yicha yangi ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish hamda ISFT professor-o‘qituvchilari uchun 144 soatlik malaka oshirish treningini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Chet tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ajoyib yangilik!
Honam University’da xalqaro aviatsiya sohasi uchun bort kuzatuvchilarini tayyorlash dasturlari ham mavjud. Muzokaralarda ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa kelgusida xorijiy tillarni puxta egallagan ISFT yoshlari uchun aviatsiya, turizm va xalqaro servis sohalarida yangi kasbiy istiqbollarni yuzaga keltirishi mumkin.
ISFT uchun xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi — erishilgan kelishuvlarni talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun real ta’lim hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlariga aylantirishdir.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



