✅ISFT instituti Samarqand filiali tyutorlari Jumaniyozova Zarina Keymirovna va Qo‘ziyeva Marjona Faxriddin qizi tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari uchun “Mandala terapiyasi” mashg‘uloti tashkil etildi.
🎨Ranglar, shakllar va ijod orqali talabalar kundalik shovqindan bir zum uzoqlashib, o‘z ichki dunyosiga nazar tashladilar.
Mandala chizish jarayoni diqqatni jamlash, hissiy yengillik, xotirjamlik va o‘zini ifodalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Ba’zan ruhiyatga kerak bo‘lgan eng yaxshi dam — bir varaq, bir nechta rang va biroz xotirjamlikdir.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



