TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.11K subscribers
Post #3341 827
#finished

Makoto Yukimura – “Vinland Saga”. 1-kitob

Manga boshlanishi bilan jang maydonida paydo boʻlasiz. Yosh Torfinn Askeladd boshchiligidagi jangchilar toʻdasida. U xavfli topshiriqlarni bajaradi, evaziga esa boylik yoki oʻljalardan ulush emas, Askeladd bilan yakkama-yakka jang qilish imkonini talab qiladi.

Shundan keyin voqealar ortga, uning Islandiyada o‘tgan bolaligiga qaytadi. Qo‘lida qurol tutgan, mohir jangchining bir paytlardagi bolalik orzulari va iztiroblari bir boshidan koʻrsatilishni boshlaydi. Bu ketma-ketlikning o‘ziyoq odamni gʻalati hissiyotga koʻmib qoʻyarkan.

Chunki bolaning beg‘ubor qiziqishlarini kuzatayotib, uning kelajakdagi qiyofasini beixtiyor solishtirasiz, unutolmaysiz. Odam ulg‘aygani uchun bagʻritoshga aylanadimi yoki uni bunga majbur qilishadimi? Birinchi manga shu mavzu atrofiga qurilgan.

Leyf hikoya qiladigan dengiz ortidagi Vinland esa mana shu sovuq va shafqatsiz hayot ichida boshqa bir imkoniyatdek ko‘rinadi. Men uchun u xaritadagi olis yerdan tashqari, odam o‘zini erkin his qiladigan hayotning timsoliga ham aylandi. Yashab turgan joyingda senga joy bo‘lmasa, dunyoning narigi chetida bo‘lsa ham boshqacha yashash mumkinligiga ishonging keladi-da…

Manga o‘qishning nasriy kitobdan farqi ham qiziq ekan. Romanda yozuvchi so‘z bilan tasvirlagan holatni bu yerda yuz ifodasi, chiziqlar, kadrlarning ketma-ketligi orqali o‘qiysan. Jang paytida nigohing tezlashadi, biror qahramonning sukuti oldida esa to‘xtaysan, sekinlashadi. Qizigʻi, matn kamligi o‘ylaydigan narsa ham kamligini, oson va tez oʻqilishini anglatmaydi. Chunki tasvirning har bir chizgisini diqqat bilan “o‘qish” kerak.

Hozircha faqat birinchi jildni tugatdim. Shu sababli butun asar haqida hukm qilishga erta. Lekin shu boshlanishning o‘zi kuch, erkinlik va bolalik haqida o‘ylashga yetarli bo‘ldi. Ayniqsa, kimningdir nafratini tushunish bilan uning qilayotgan ishlarini oqlash orasidagi masofani sezdirib qoʻydi bu manga.

Kitob boshidagi qurollangan Torfinn ko‘z oldimga kelaveradi. Rasmlar jonlangandek, harakatlanayotgandek boʻlaveradi. Dengiz ortida yangi hayot borligiga ishongan bola endi bir odam bilan olishish imkoniyati uchungina yashayapti. Dunyo shu qadar katta bo‘la turib, insonning butun hayoti bitta dushmangacha torayib qolishi mumkin ekan…

➡️ @qora_yigit
  • 🔥 10
  • ❤ 4
  • 🤩 2
  • 🍾 1
More from @qora_yigit
  1. Oct 11, 2026Davom etamizmi? 🫣 Kunderaning “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” va Janni Rodarini…
  2. Oct 11, 2026Bugun yakshanba! Qoʻllarimda esa Remarkning oʻtgan oyda nashr qilingan 3 kitobi turibdi. “…
  3. Oct 10, 2026Shanba kungi postda hamma maqtansin deyman. Izohlarga olgan kitoblarini tinmay tashlashadi…
  4. Oct 10, 2026Ertaga ertalab maqtanish uchun post tayyorlayapman)
  5. Oct 10, 2026Bugun shanba! 🔈Maqtanaman desang har doim sabab topiladigan kun… Oʻz yoʻnalishlarining ik…
  6. Oct 9, 2026Ushbu asar G‘arb tamaddunining poydevori hisoblangan, biz kundalik hayotda shubhasiz to‘g‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →