TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.08K subscribers
Post #3066 3.56K
#finished

Brem Stoker – "Drakula"

Graf Drakula XV asrda yashagan Valaxiya hukmdori. Tiriklik paytida u Usmonli imperiyasiga qarshi shafqatsiz kurashgan, muttasil ziddiyatdagi sarkarda bo'lgan. Shunday janglardan biridagi g'alati hodisa tufayli iblis bilan kelishib o'lmaydigan maxluqqa, vampirga aylanadi.

"Drakula" romanida muallif Brem Stoker bu vahimali atmosferani yaratish uchun o'ziga xos uslubni tanlagan. Kitobda muallif tomonidan aytilgan biror jumla ham, voqealarni chetdan turib sharhlovchi an'anaviy hikoyachi ham yo'q. Biz butun boshli dahshatli syujetni Jonatan Harkerning shaxsiy kundaligi, Minaning maktublari, doktor Syuardning fonograf yozuvlari va gazetalardan kesib olingan parchalardan iborat zanjir orqali bilib boramiz. Xo'sh, muallif nega aynan bunday uslubni tanladi?

Avvalo, o'quvchi o'zini real arxiv hujjatlarini va guvohlarning ko'rsatmalarini o'qiyotgandek his qiladi. Ikkinchidan esa, biz voqealarni qahramonlarning shaxsiy nigohi, ichki kechinmalari va qo'rquvlari orqali ko'ramiz. Bu esa asar ichiga kirib borishni ta'minlaydi. Va butun asar davomida Graf Drakulaning shaxsiy kundaligi yoki uning tilidan yozilgan bitta ham maktub yo'q.

Biz Drakulaning ichki dunyosini, o'ylarini hech qachon uning o'zidan eshitmaymiz. U faqat atrofdagilarning qo'rquvi, ta'rifi va nigohida aks etadi. Bu uslubiy yechim qahramonning sirli va vahimali tabiatini o‘n chandon oshiradi.

Drakula obrazi ortida o'sha davr Buyuk Britaniyasining ijtimoiy-siyosiy qo'rquvlari ham yashiringan edi. Graf Transilvaniyani tark etib, London markazidan ko'chmas mulk sotib oladi va taraqqiy etgan, madaniyatli G‘arb jamiyatiga ichkaridan turib tahdid soladi. U qon so‘rish orqali ingliz aristokratiyasini, ularning toza qonini va naslini buzadi.

Bundan tashqari, asar yozilgan Viktoriya davri o‘ta qattiq axloqiy cheklovlar, jinsiy mavzular butunlay taqiqlangan va ijtimoiy onggi bostirilgan jamiyat edi. "Drakula" romanida esa aynan shu bostirilgan energiyaning dahshatli portlashini ko‘ramiz. Graf qurbonlarini bo‘ynidan tishlaganda, bu shunchaki qonxo‘rlik bo‘lmay, o‘sha davr uchun ochiq aytib bo‘lmaydigan shahvoniy yaqinlik va ehtirosning parda ortidagi tasviri bo'lgan.

Masalan, Lyusi obrazining vampirga aylanganidan keyingi tubdan o'zgarishi Viktoriya davri ayolining "iffatli, itoatkor va sovuqqon" qolipidan chiqib, o‘zining tabiiy ehtiroslarini namoyish qila boshlashi edi. Jamiyat uchun bunday ayol "shaytoniy" va nazorat qilib bo'lmaydigan xavf hisoblangan.

Romanning kuchi esa, Stoker insoniyatning eng qadimiy va o‘zgarmas qo‘rquvini topa olganida deb o'ylayman. Bu o‘limdan qo‘rqish va ayni paytda o‘lmaslikka bo‘lgan yashirin ishtiyoq. Drakula abadiy yoshlik va cheksiz kuchga ega, lekin u buning evaziga qalbidan, insoniyligidan ayrilgan.

Asar aslida har birimizning ichimizda yashirinib yotgan qorong‘uligimiz haqida. Biz insoniylik, beg'uborlik va poklik bilan ichimizdagi "Drakula"ni jilovlab tura olamiz. Uni uyg'otmang...

➡️@qora_yigit
  • 🔥 26
  • ❤ 9
  • 👏 4
  • ⚡ 3
  • 👍 1
More from @qora_yigit
  1. Oct 15, 2026Hozircha “cover”dan maza qilib turinglar 😉 Oy yangiliklari videosini kutayotganlar bormi?…
  2. Oct 14, 2026Eng sevimli kitoblarimdan biri Kafkaning "Jarayon" romani. Negadir shu asardan boshqacha m…
  3. Oct 14, 2026Qiziqarli va tez rivojlanadigan syujetli asarlarni yoqtirsangiz sizga horror janrdagi kito…
  4. Oct 13, 2026Hammang maza qilib uxlab yotganingda men buyoqda uxlamasdan ilm-fan deb yonib-kuyish oʻrni…
  5. Oct 13, 2026#finished Jeyn Ostin – “Andisha va g‘urur” Biror inson haqida ilk uchrashuvdayoq salbiy fi…
  6. Oct 13, 2026Bu yutuqdan tashaqari g'olib bo'lmagan, ammo yaxshi taqriz yozgan 5-10 kishiga ⚡️UFQ da ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →