TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.08K subscribers
Post #3056 2.34K
#finished

Meri Shelli – “Frankenshteyn”

U butun adabiyot tarixidagi eng yolgʻiz qahramon. Uning na oʻtmishi, na millati, na ismi va na u mansub boʻlgan biror tur bor.

Meri Shellining “Frankenshteyn” romani bosh qahramoni Viktor ismli olim oʻlik tana qismlaridan yasagan va tiriltirgan mavjudot. U oʻquvchini 200 yildan buyon insoniyat hali ham toʻla javob topa olmagan savollar bilan yuzlashtiradi.

Kitob davomida uning go‘dakdek begunohligi, ammo tashqi ko‘rinishi sababli jamiyat tomonidan rad etilgan iztiroblariga guvoh bo‘lamiz. U Gyote va Milton ijodini o‘rganadi, insonlarni sevishga va ularga yaxshilik qilishga urinadi. Biroq odamlar unga faqat nafrat bilan javob beravergach, uning qalbidagi muhabbat ham qasos oloviga aylanadi.

Maxluq oʻzini dastlab Odam Ato bilan solishtiradi, chunki u ham yagona edi. Keyinchalik u oʻzini Shaytonga oʻxshatadi. Farqi shundaki, Shaytonning yonida uni qoʻllovchilar bor edi. Maxluq esa hatto doʻzaxda ham mutlaq yolgʻiz. Uning yovuzga aylanishi esa mana shu adolatsizlikka qarshi faryodi.

Asardagi tiriklik va oʻlim mavzulari muallifning hayoti bilan chambarchas bogʻliq. Meri Shelli ushbu asarni yozishdan oldin ilk farzandidan ayrilgan, onasi esa Merini tugʻish jarayonidagi asoratlar tufayli vafot etgan. Romandagi olim Viktorning ona suti yoki ayol ishtirokisiz, laboratoriyada "hayot yaratishi" tabiat qonunlarining buzilishidir. Asarni onalik, tugʻilish va yoʻqotish ogʻrigʻining adabiyotdagi aksi deyish mumkin.

“Frankenshteyn” jamiyatning o‘ziga o‘xshamaganlarni qabul qila olmasligi, nafrat insonni qanday maxluqqa aylantirishi mumkinligi haqidagi og‘riqli roman. Viktor Frankenshteyn tabiat qonunlarini buzib, o‘lim ustidan g‘alaba qozonmoqchi bo‘ladi. Ammo ma’naviy yetukliksiz erishilgan ilm-fan halokatga olib keladi.

Bugungi sun’iy intellekt, gen muhandisligi va klonlashtirish asrida Meri Shellining bu ogohlantirishi odamga oʻzgacha ta’sir qiladi... Biroz qoʻrqinchli a?

➡️@qora_yigit
  • 🔥 28
  • 👏 5
  • ❤ 4
  • 😁 3
  • 🥰 2
More from @qora_yigit
  1. Oct 15, 2026Youtubedagi 58-video ❤️‍🔥 Oʻtgan oyga nisbatan yangi kitoblar biroz kamroq chiqibdi. SENT…
  2. Oct 14, 2026Eng sevimli kitoblarimdan biri Kafkaning "Jarayon" romani. Negadir shu asardan boshqacha m…
  3. Oct 14, 2026Qiziqarli va tez rivojlanadigan syujetli asarlarni yoqtirsangiz sizga horror janrdagi kito…
  4. Oct 13, 2026Hammang maza qilib uxlab yotganingda men buyoqda uxlamasdan ilm-fan deb yonib-kuyish oʻrni…
  5. Oct 13, 2026#finished Jeyn Ostin – “Andisha va g‘urur” Biror inson haqida ilk uchrashuvdayoq salbiy fi…
  6. Oct 13, 2026Bu yutuqdan tashaqari g'olib bo'lmagan, ammo yaxshi taqriz yozgan 5-10 kishiga ⚡️UFQ da ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →