TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.08K subscribers
Post #2909 2.75K
#finished

Tomas Harris – “Qo’zichoqlar sukunati”

Bu kitobni shunchaki triller deb atash uning darajasini kamsitish bo‘lardi. Tomas Harris 1988-yilda yozgan bu asari bilan detektiv janrini butunlay boshqa bosqichga olib chiqqandi. U an'anaviy shu janrdagi asarlar kabi jinoyatni emas, o‘rniga jinoyatchi va uni “ovlayotgan” odamning ichki dunyosini tahlil qildi.

“Qo‘zichoqlar sukunati” ikki kuchli xarakter ustiga qurilgan. Garchi asardagi asosiy jinoyatlarni boshqa “kapalak” ijro etsa-da. “Qizil ajdarho”dan bizga meros bo‘lib Doktor Lekter o‘tadi-yu, ammo FQB agenti yangilanadi.

Endi Gannibal Lekter bilan muzokara qilish va vahshiy “kapalak”ni topish FQB akademiyasining yosh kursanti Klaris Starling ismli go‘zal qizga yuklatiladi. Klaris kapalak g‘umbagi bilan imzo qoldiradigan, jinoyatlari juda g‘alati, ammo qandaydir tartib bilan amalga oshirilayotgan seriyali qotilni topishi lozim.

Bu masalada yordam olish uchun qamoqdagi Lekterga murojaat qiladi. Lekin Lekter hech narsani shunchaki taqdim qilmasligini yaxshi bilasiz. Har bir suhbat o‘zaro ma'lumot almashinuviga aylanadi. U Klarisning bolaligi, qo‘rquvlari, yaralarini bilib oladi, evaziga qotilni topish uchun kalavaning uchini ko‘rsatadi.

Buni psixologik shaxmat o‘yiniga o‘xshatish mumkin. O‘quvchi o‘yinning qoidalarini asta-sekin tushunib boradi. Ayni shu o‘zaro yaqin suhbatlar “Gannibal” (3-qism) va hali tarjima qilinmagan “Gannibalning yuksalishi” (4-qism)ni tushunishingiz va his qilishingizda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun “Qo‘zichoqlar sukunati”dagi chuvalashib ketgan psixologik yurishlardan ham ayni shu asarni o‘qiyotganda, undan keyingi uchinchi va to‘rtinchi qismlarda ham rohat olasiz.

Asardagi Lekter obrazi adabiyotda noyob hodisa. U vahshiy, lekin nihoyatda kibor. To‘g‘ri, u qotil, lekin shu bilan birga yuksak didli san'atshunos ham. Uning tap tortmay odam yeydigan yirtqich ekanligi ham rost, lekin o‘z sohasi o‘ziga xos sharafga va hurmatga ham ega. Yozuvchi bu chizgilar orqali inson qanchalar murakkab ekanini ko‘rsatadi.

Ya'ni, hamma ijobiy xislat deb qaraydigan san'atshunoslik, kitobxonlik, xushmuomalalik va yuksak aql sohibi bo‘lish har doim ham yaxshi inson bo‘lishni anglatmasligini tasdiqlaydi. Tomas Harrisning bu asar orqali bermoqchi bo‘lgan eng katta xulosalaridan biri shu deb o‘ylayman. Bundan tashqari, Klaris Starling ham noodatiy qahramon. Erkaklar hukmronlik qiladigan muhitda u o‘zining nimalarga qodirligini isbotlashga va jiddiy qabul qilinishlari uchun kurashadi.

Kambag‘allikdagi o‘tmish o‘ylari, ota-onasi bilan bog‘liq og‘riqli xotiralar, jamiyatda o‘z o‘rnini topish istagi bilan Klarisning qorishiq o‘ylari romanda yanada psixologik tuyg‘ular qatlamini oshirib bergan. Bu esa kitobni shunchaki “qotilni qidirish” hikoyasidan ayolning o‘z ovozini, o‘zligini topish hikoyasiga ham aylantirgan.

Roman inson tabiatining jumboqli tomonlari, hokimiyat, tan olinish va omon qolish haqida chuqur savol va mulohazalarni o‘rtaga qo‘ya olgani uchun ham o‘ttiz yildan oshganida ham psixologik triller janrining cho‘qqisi sifatida qolmoqdadir balki…

➡️@qora_yigit
  • 🔥 20
  • ❤ 8
  • 👍 6
  • 🤩 5
  • ⚡ 1
More from @qora_yigit
  1. Oct 15, 2026Youtubedagi 58-video ❤️‍🔥 Oʻtgan oyga nisbatan yangi kitoblar biroz kamroq chiqibdi. SENT…
  2. Oct 14, 2026Eng sevimli kitoblarimdan biri Kafkaning "Jarayon" romani. Negadir shu asardan boshqacha m…
  3. Oct 14, 2026Qiziqarli va tez rivojlanadigan syujetli asarlarni yoqtirsangiz sizga horror janrdagi kito…
  4. Oct 13, 2026Hammang maza qilib uxlab yotganingda men buyoqda uxlamasdan ilm-fan deb yonib-kuyish oʻrni…
  5. Oct 13, 2026#finished Jeyn Ostin – “Andisha va g‘urur” Biror inson haqida ilk uchrashuvdayoq salbiy fi…
  6. Oct 13, 2026Bu yutuqdan tashaqari g'olib bo'lmagan, ammo yaxshi taqriz yozgan 5-10 kishiga ⚡️UFQ da ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →