🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir davomida 4,7 milliard dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular hisobiga 3 ming megavatt yangi elektr ishlab chiqarish quvvati yaratiladi.
🔋 So‘nggi 10 yilda mamlakat energetikasiga 35 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Qayta tiklanuvchi energiyaning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 31 foizga yetgan. 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 54 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
🏗 Shuningdek, 2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya quriladi. Forishdagi atom elektr stansiyasi uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan maxsus sanoat zonasi tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube