🇺🇿 Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istonda o‘tayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro dzyudo turnirida g‘olib bo‘ldi.
🥋 Hamyurtimiz 52 kilogrammgacha vazn toifasida finalga chiqib, ozarbayjonlik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🏆 Shu tariqa, Olimpiada chempionimiz ikki yillik tanaffusdan keyingi ilk xalqaro musobaqasini g‘alaba bilan yakunladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube