🇹🇷 Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yomg‘irlar katta suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Ayrim hududlarda bir kvadrat metrga 272 kilogrammgacha yog‘ingarchilik tushgan.
🚨 So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi, jumladan, 14 yoshli o‘smir halok bo‘lgan. Mingdan ortiq suv bosish holati qayd etilib, uylar, yo‘llar, metro bekatlari va shifoxonalarga zarar yetgan.
✈️ Noqulay ob-havo sabab 46 ta samolyot aeroportlarga qo‘na olmagan. Maktablarda 15–16-oktabr kunlari darslar bekor qilingan, aholiga zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 TikTok 📱 YouTube