TGViewer
Channel Public Channel
QASHQADARYO FVB | Rasmiy

QASHQADARYO FVB | Rasmiy

@qashfvb

🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Ishonch telefoni: 1101
Subscribers
4.93K
Photos
19.1K
Videos
3.6K
Links
7.3K

Showing posts older than #23863 · Back to latest

Older Posts 9 shown
Post #23861 1.27K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):

📌Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi;

📌Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi;

📌O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik davridan Jamg‘arma ishini yanada samarali tashkil etish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish uchun foydalanish niyatida;

📌Suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha Afg‘oniston bilan muloqotga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu muloqot doimiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishi shart;

📌O‘zbekistonning Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni tashkil etish borasidagi tashabbusiga muvofiq ishlarni faollashtirish taklif qilindi. Markaziy Osiyoning muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish bu borada birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlarning imkoniyatlarini birlashtirish va Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif qilindi;

📌Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi sezilayotgan va yaqin yillarda talab o‘sib boradigan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarning prognoz ma’lumotlarini birlashtirish mumkin;

📌“So‘nggi yillarda biz ko‘p narsaga erishdik. Endi bu o‘zgarishlarni mustahkamlash va hamkorligimizni kelgusi o‘n yilliklar davomida barqaror qilish muhimdir. Formula oddiy: taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va ishonch”;

📌“Kelgusi avlodlarga qanday mintaqa qoldirishimiz uchun javobgarmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi va odamlarga munosib yashash, mehnat qilish, o‘qish hamda farzandlarni voyaga yetkazish imkoniyatlarini berishi kerak”.

Facebook|Instagram|X
Post #23860 1.01K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

📌So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi;

📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi;

📌Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda;

📌Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda;

📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi;

📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur;

📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak;

📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi;

📌Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi;

📌Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi;

📌Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi.

Facebook|Instagram|X
Post #23859 1.03K

Forwarded from FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

#FVV_tavsiyalari

FVV mutaxassislari har bir xonadonda, isitish pechlari va gaz plitalari yaqinida gaz analizatorini o‘rnatishni tavsiya etadi. Bu nima uchun muhimligini videorolik orqali bilib olasiz.
—
#Рекомендации_МЧС

В каждом доме, вблизи отопительных печей и газовых плит, специалисты МЧС рекомендуют установить газоанализатор. Почему это важно - расскажем в этом видеоролике.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Post #23849 2.13K
Yoshlar e’tiborda: muammolar joyida o‘rganilib, yechimlar belgilandi

FVV ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida biriktirilgan yoshlar bilan ishlash holati hamda “Jasorat maktablari” faoliyati o‘rganildi.
Xususan, Nishon, Chiroqchi va Kasbi tumanlaridagi “Jasorat maktablari”da yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik talablari, moddiy-texnik baza hamda o‘quv-tarbiya jarayoni ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy muammolarini hal etish, shuningdek, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Joyida bartaraf etish imkoniyati bo‘lgan kamchiliklar shu jarayonning o‘zida bartaraf etildi.
Aniqlangan kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Yakunda yoshlar bilan ishlash holati bo‘yicha o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #23845 1.29K
❗️Dudbo‘roningizni tozalating!
Kuz-qish mavsumi oldidan xonadoningizdagi dudbo‘ron va mo‘rilarni albatta tozalatib, soz holatga keltiring.
Tiqilib qolgan yoki nosoz dudbo‘ron:
— is gazining xonaga tarqalishiga;
— tutun bilan zaharlanishga;
— yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
✅ Bugunoq dudbo‘roningizni tekshirtiring va tozalating!
Ehtiyot chorasi — hayotingiz xavfsizligi garovi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #23844 1.21K
YANGILIKLAR | Kasbi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, “qizil hudud” sifatida belgilangan mahallalarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #23839 1.33K
O‘rganishlarning ikkinchi manzili — Qarshi markaziy buyum savdo kompleksi.

Bu yerda ham mas’ullar tomonidan obyektning yong‘in xavfsizligi holati, yong‘inga qarshi vositalarning shayligi hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor harakatlanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👍 1
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →