TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #23927 1.35K
TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNI: “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan bugun Qashqadaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘qitish markazida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan sana va uning ahamiyati, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ulardan muhofazalanish hamda bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, markazda yaratilgan sharoitlar, mavjud o‘quv bazasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ishtirokchilar maxsus virtual reallik ko‘zoynaklaridan foydalangan holda favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq jarayonlarni virtual muhitda kuzatish va xavfsizlik qoidalarini interaktiv tarzda o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 🔥 1
More from @qashfvb
  1. Oct 15, 2026#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bila…
  2. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  3. Oct 15, 2026QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA Qashqadaryo viloyati Favqulo…
  4. Oct 15, 2026Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi bozorlarda…
  5. Oct 15, 2026▶️Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida Qarshi xalqaro aerop…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →