QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik S. Zuparov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 26–28-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari hududiy boshqarmalar mas’ullarining hisobotlarini tinglab, o‘quv mashqlarini yuqori saviyada tashkil etish, kuch va vositalar shayligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #23997
912










- 👍 3