TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #23916 1.19K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olindi.

Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi.

Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

“50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

Facebook|Instagram|X
More from @qashfvb
  1. Oct 15, 2026#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bila…
  2. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  3. Oct 15, 2026QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA Qashqadaryo viloyati Favqulo…
  4. Oct 15, 2026Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi bozorlarda…
  5. Oct 15, 2026▶️Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida Qarshi xalqaro aerop…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →