TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #23907 1.59K

Forwarded from O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda favqulodda vaziyatlar, bojxona xizmatlari hamda obyektlarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida favqulodda vaziyatlar haqida xabar berish, xavfli hududlarni cheklash, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi. Shuningdek, yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash hamda ular bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya etishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tegishli xizmatlar hamkorligini mustahkamlash va ehtimoliy xavf-xatarlar oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
  • 👍 2
More from @qashfvb
  1. Oct 15, 2026#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bila…
  2. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch ch…
  3. Oct 15, 2026QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA Qashqadaryo viloyati Favqulo…
  4. Oct 15, 2026Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi bozorlarda…
  5. Oct 15, 2026▶️Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida Qarshi xalqaro aerop…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →