TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Qalampir LIVE

Qalampir LIVE

@qalampirlive

Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Subscribers
58.4K
Photos
75.9K
Videos
36K
Links
120K
Recent Posts 17 shown
Post #152201 5.24K
🇹🇷Isitma tushiruvchi sirop sabab 3 yashar qizcha vafot etdi

Turkiyaning Istanbul shahrida 3 yashar qizchaning o‘limi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qamrovli tergov olib borilmoqda. Qizchaning o‘limiga isitma tushiruvchi siropning me’yoridan ortiq dozada berilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur voqeadan so‘ng bolalarga isitma tushiruvchi dorilarni berish tartibi va ularning dozasi yuzasidan muhokamalar kuchaygan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 😱 7
  • 😢 6
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #152200 5.6K
🇮🇷🇺🇸Eron neft narxini ushlab turish uchun Hormuz bo‘g‘ozidagi taktikani o‘zgartirdi

Ikki yuqori martabali eronlik mulozimning ma’lum qilishicha, Eron neft narxini yuqori darajada saqlab qolish hamda AQSHdagi bo‘lajak oraliq saylovlarga ta’sir ko‘rsatish maqsadida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalarga hujum qilish bo‘yicha o‘z taktikasini o‘zgartirgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 14
  • ❤ 3
Post #152199 5.75K
🇷🇺Rossiya ilk bor Krokus Siti Holldagi terakt aks etgan videoni e’lon qildi

Rossiya tomoni 2024-yil mart oyida Moskva viloyatidagi Krokus Siti Holl konsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha kuzatuv kameralari yozuvlarini ilk bor ommaga taqdim etgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 😱 19
  • 😡 9
  • ❤ 5
  • 🥴 5
  • 🔥 3
  • 👎 1
  • 😁 1
  • 😢 1
Post #152198 5.88K
🇪🇬Misrda 3 ming yillik ikki ulkan fir’avn haykali topildi

Misrning Nil deltasi hududidagi qishloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgan. Ulardan biri qadimgi Misrning mashhur hukmdori Ramzes II ga tegishli ekani tasdiqlangan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 9
  • 🤣 7
  • ❤ 3
Post #152196 5.77K
🇮🇩Indoneziyani olovli tutun qopladi

Indoneziyada o‘rmon va torf yong‘inlari tufayli apokaliptik darajadagi qalin tutun hosil bo‘lgan. Eng og‘ir vaziyat Sumatra va Kalimantan orollarida kuzatilmoqda.

Mamlakat bo‘ylab yuzlab yong‘in o‘choqlari qayd etilgan. Yong‘inlar keltirib chiqargan tutun qo‘shni Malayziya va Singapur davlatlariga ham yetib borgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 😁 1
  • 🎉 1
Post #152195 5.93K
🇹🇷Istanbulda kuchli yomg‘ir 1 kishini oqizib ketdi

Istanbul shahrida kuchli jala va dovul xarakteridagi qattiq shamol kuzatilgan. Noqulay ob-havo sharoiti oqibatida shahardagi yo‘llardan birida suv oqimi ayolni oqizib ketgan.

Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, mazkur tabiiy noqulayliklar shaharda hafta oxirigacha saqlanib qolishi mumkin.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 👎 1
  • 😁 1
Post #152194 5.84K
Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 101
  • 🔥 15
  • ❤ 14
Post #152193 5.78K
“Barselona” bosh murabbiyi “Galatasaroy” stadionidagi xonada qamalib qoldi

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan keyin stadiondagi xonada qamalib qolgan. Kecha, 14 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv kataloniyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Flik o‘yindan keyingi matbuot anjumaniga o‘z vaqtida yetib bora olmagan. Bunga uning xona ichida qamalib qolgani va stadion xodimlari bir muddat davomida kalitni topa olmagani sabab bo‘lgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 😁 20
  • ❤ 3
Post #152192 5.87K
Toshkentda avtobus holati sabab mexaniklar jazolandi

Toshkent shahrida 66-sonli avtobus salonining sanitariya holati talabga javob bermagani uchun 3 nafar navbatchi mexanikning oylik maoshidan 10 foiz miqdorida jarima undirilgan. Kecha, 13-oktyabr kuni Telegramda 12-avtobus saroyiga qarashli 66-sonli avtobus salonining sanitariya holati tanqid qilingan post e’lon qilingan.

Avtobus shu kunning o‘zida yo‘nalishdan qaytgach, yuvish shoxobchasida to‘liq yuvilgan va sanitariya talablariga muvofiq tozalangan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 6
  • ❤ 5
  • 🎉 1
Post #152191 6.29K
🇺🇦🇷🇺Ukraina dronlari Yandeks ma’lumotlar markazlariga zarbalar berdi

8-11-oktyabr kunlari Ukraina dronlarining Yandeks kompaniyasining 3 ta ma’lumotlar markaziga bergan zarbalari Rossiyaning eng yirik texnologiya korxonasiga jiddiy zarar yetkazgan. Oqibatda Sasovo va Vlodimirdagi obyektlar to‘liq ishdan chiqqan, Kalugadagisi esa qisman shikastlangan.

Hujumlar oqibatida 80 dan ortiq bulutli xizmatlar va millionlab fuqarolar foydalanadigan kundalik ilovalar, jumladan, Yandeks Pay, Maps, Taxi, Navigator va Alisa ovozli yordamchisi faoliyatida uzilishlar saqlanib qolmoqda.

Yandeks Cloud favqulodda rejimga o‘tkazilib, server, ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellekt xizmatlari cheklangan. Kompaniya foydalanuvchilarning pullari va ma’lumotlari xavfsizligini taminlagan bo‘lsa-da, to‘liq tiklanish haftalar yoki oylar talab etishi mumkinligini tan olgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 27
  • 👎 12
  • ❤ 5
Post #152190 6.29K
Toshkent – Nurafshon yo‘lida 280,8 mlrd so‘mlik yo‘l o‘tkazgich qurildi

Food City yaqinida qurilgan yangi yo‘l o‘tkazgich rasman foydalanishga topshirilgan. Davlat byudjeti hisobidan barpo etilgan bu yo‘l iyul oyida 240 mlrd so‘mga baholangan. Uning uzunligi 66 metrni tashkil etadi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 🤣 21
  • 👍 9
  • ❤ 4
  • 😱 2
Post #152187 6.69K
🇷🇺🇺🇦Rossiya Lutsk shahriga zarba berdi

Rossiya harbiylarining Lutsk shahriga uyushtirgan hujumi chog‘ida reaktiv uchuvchisiz uchish apparatining qoldiqlari shahar hududiga qulagan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Roman Romanyukning so‘zlariga ko‘ra, do‘konda yirik yong‘in kelib chiqqan.

Shuningdek, dron qoldiqlari Sobornost prospektidagi ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonga zarar yetkazgan. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi tan jarohati olgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👎 12
  • ❤ 8
  • 👍 6
  • 🎉 1
Post #152186 7.18K
Toshkent shahrida kuzatuv kamerasini sindirgan 2 nafar bezori qamaldi

Chilonzor tumanida yarim tunda ko‘p qavatli uyning yo‘lak qismiga o‘rnatilgan FaceID kuzatuv kamerasini tepib sindirgan 3 nafar yigit aniqlangan. Ulardan biri voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning 2 nafariga 3 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 🤣 10
  • 👍 3
  • 🥴 3
  • ❤ 1
  • 👎 1
Post #152184 6.65K
🇮🇱Isroildagi zavodda portlash sodir bo‘ldi

Isroilning janubidagi Kiryat-Gat shahrida joylashgan Intel korxonasida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida 3 kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Qutqaruvchilar bino ichida qolib ketgan odamlar bor-yo‘qligini tekshirib, yong‘inni bartaraf etishga harakat qilgan. Hozirda portlash sabablari va xavfli moddalar mavjudligi o‘rganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👍 81
  • 🎉 18
  • ❤ 7
  • 😁 2
  • 👎 1
Post #152183 6.78K
Dollar kursi sakkizinchi kun yana ko‘tarildi

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
  • 👎 16
  • 👍 9
  • ❤ 4
Older posts →

About this channel

How can I read @qalampirlive without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Qalampir LIVE: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Qalampir LIVE have?
Qalampir LIVE (@qalampirlive) has 58.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Qalampir LIVE know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →