🇺🇦🇷🇺Ukraina dronlari Yandeks ma’lumotlar markazlariga zarbalar berdi
8-11-oktyabr kunlari Ukraina dronlarining Yandeks kompaniyasining 3 ta ma’lumotlar markaziga bergan zarbalari Rossiyaning eng yirik texnologiya korxonasiga jiddiy zarar yetkazgan. Oqibatda Sasovo va Vlodimirdagi obyektlar to‘liq ishdan chiqqan, Kalugadagisi esa qisman shikastlangan.
Hujumlar oqibatida 80 dan ortiq bulutli xizmatlar va millionlab fuqarolar foydalanadigan kundalik ilovalar, jumladan, Yandeks Pay, Maps, Taxi, Navigator va Alisa ovozli yordamchisi faoliyatida uzilishlar saqlanib qolmoqda.
Yandeks Cloud favqulodda rejimga o‘tkazilib, server, ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellekt xizmatlari cheklangan. Kompaniya foydalanuvchilarning pullari va ma’lumotlari xavfsizligini taminlagan bo‘lsa-da, to‘liq tiklanish haftalar yoki oylar talab etishi mumkinligini tan olgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
Post #152191
8.91K

- 👍 36
- 👎 14
- ❤ 7