Professor, Doktor Nevzat Tarhanning "Ayol psixologiyasi" nomli ilmiy kitobidan tarjimalar boshladim. Kitob qiziqligiga qaraganda tarjima uzoqroq davom etadi)
Kitobdan ayrim fikrlar:
Ayol va erkak o’rtasidagi farqlarni tushunishIkki xil jins egalari o’zlarining bir-biridan farqli bo’lishi kerakligini bilishi sog’lom munosabatlarga qo’yilgan ilk qadamdir. Aks holda, boshqa bir insonning hislari bizniki kabi bo’lishini yoki boshqalarning istaklari biznikiga o’xshashini kutamiz. Bu esa imkonsiz, to’g’ri emas, shart ham emas. Chunki, inson zoti bir xil yaratilmagan. Sevgan insonimizga qanday muomala qilsak, undan ham shunday muomalani kutish yetilmagan shaxsiyatdan darak beradi. Kimdir o’z sevgisini so’zlar bilan, yana kimdir sovg’alar bilan izhor qilishga harakat qiladi. Yana kimdir muhabbatini yordam tariqasida, ba’zilar esa quchoq, ya’ni fiziologik yaqinlik bilan ko’rsatishadi. Munosabatlarni mustahkamlash jarayonida o’rtadagi bu kabi farqliklarni tushunish muhimdir.
Sevgi abadiymi?Ayol va erkak munosabatlarida eng dolzarb savollardan biri aynan shu bo’lsa kerak. Yangi turmush qurgan juftliklarda romantik hissiyotlar ancha kuchli bo’ladi. Keyingi bosqichda xarakter va ustunlik bilan bog’liq ziddiyatlar o’rtaga chiqa boshlaydi. Har ikki tomon aqilli yoki omadli bo’lishsa, bir-biriga bog’lanib qolish bosqichiga o’tishadi. Oiladagi ishq-muhabbatning, ya’ni romantik tuyg’ularning saqlanib qolishi o’zaro yaxshi munosabatlar qurishga bog’liqdir. Shuning uchun, sevgi — yaxshi munosabatlarning sababi emas, balki uning mevasidir.
Sevib qolish sehirli tuyg’ular og’ushida yashash demaktir. Bu boshqa-boshqa insonlarning birlikta bo’lishi. Bu tuyg’u qarama-qarashi tomonlarning bir-biriga bo’lgan umidlarini ko’paytiradi. Erkak kishi ayolidan o’zi kabi fikrlashini kutsa, ayol kishi ham eridan aynan shuni kutadi. Ikki sevishgan jarohatlana boshlagan bu munosabatni tuzatish uchun bir-biriga kerakli vaqt ajratmasa, umidlar so’na boshlaydi.
Munosabatlari haqida qayg’urgan odam uni mustahkamlash uchun o’ziga shu savollarni berishi kerak. “Nega o’rtamizda kelishmovchiliklar kelib chiqyapti, bu kelishmovchiliklarning orqasida aslida nima turibdi?”
P.S. davomi bor@pslog