“O’rganilgan chorasizlik”
Yirtqich akula va yana bir baliqni bir akvaryumga solishibdi, biroq akvaryumni ikkiga ajratgan shisha to’siq akulani baliqqa hamla qilishidan saqlar ekan. Akula ochlikni his qilishi bilan o’ljasiga bor kuchi qancha tashlanmasin, qarshisidagi to’siqqa urilar ekan. Baliqni yeyish uchun shu tarzda 28 soat uringan akula nihoyat qismatga tan beribdi va qayta sinab ko’rishdan voz kechibdi. Bir ozdan so’ng, akvaryumdagi shisha to’siq olib tashlanibdi. Baliq akula yoniga o'zi suzib borsa ham, akula uni yemapti va oxir-oqibat ochlikdan o’libdi.
To'siq yo'qligiga qaramay, akulaning qayta sinab ko’rishga bo’lgan ishtiyoqsizligi va mag’lubiyatni qabul qilishi, ya’ni muvaffaqiyatsizlklarga ko’nikishini “o’rganilgan chorasizlik” deb atash mumkin.
Har birimiz vaqti kelganda qarshimizga chiqqan to’siqlarni olib tashlash o’rniga, ortga chekinamiz. Ortga chekinish odamni ba’zida yanada hushyorroq harakat qilishga undasa, ba’zan esa harakat qilishdan butunlay to’xtatib qo’yadi.
@pslog
Post #1477
829

- 👍 7
- ❤ 2