Psixolog John Gottman o'z rafiqasi Juliya bilan ko'p yillik izlanishlar natijasida mehr-muhabbat er va xotinni bir umrga boglashini aniqladi. Hissiy barqarorlik bilan bir qatorda mazkur hislat ham oila barqarorligida muhim o'rin tutadi. Juftiga mehr ko'rsatish qiyinlashadigan paytโbu er-xotinning arazlashib qolgan payti.
Biroq aynan mana shu paytda inson o'z hislarini nazorat qila bilishi kerak. Mazkur jarayonda juftliklardan biri o'z agressiyasini tashqariga chiqarsa, bu o'zaro munosabatlarga misli korilmagan putur yetkazadi.
Mehr o'z qahr-gazabingizni tashqariga chiqarmaslikda emas, balki uni qay yo'sinda yetkazishingizda namoyon bo'ladi. Siz hech narsani o'ylamay, jahlingizni juftingizga sochishingiz, yoki xotirjam holatda sizga nima yoqmayotganini tushuntirishingiz mumkin. Bu uslub esa ancha yaxshi,โdeydi Juliya Gottman.
@pslog
