“Insecurity” - o’zini boricha qabul qila olmaslik
Bu voqeadan keyin bir qancha vaqt ko’chada yuzimni qo’llarim bilan yopib yurdim. Singan tish bilan tabassum ham qilgim kelmasdi. Nima deganlari esimda yo’q, ayamning gaplari tufayli o’zim haqimda yaxshi his qilib, nuqsonlarimni boricha qabul qilganman.
Ulg’ayib bunday vaziyatlarni yanayam ko’proq ko’ryapman. Ayniqsa, yigitlarda soch to’kilishi, ayollarda esa pardoz masalasi.
Bir do’stimning uyiga borgandim. Borsam, berilib sochiga piyoz surtayotgan ekan. Sochi to’kilayotganidan xafaligi va fikri hayoli shunda ekanligini aytdi. Ko’pchiligimizga tanish vaziyat, shaxsan menga ham.
Ko’nglini ko’tarish uchun - Elon Musk’dek muvaffaqqiyatli bo’lsak, soch o’zi qaytib o’sib chiqadi deb hazillashdim.
“Insecurity”ni tuzatishning yo’li bitta - gaplashish. Yaqingiz bilan sizni qiynaydigan mavzuda ochiq, dildan suhbat qilish ko’p narsaga oydinlik kiritadi.
Hech kim mukammal emas, hammada kamchilik bor.
Ularni boricha qabul qilaylik.
Post #1376
224
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
- ❤ 12