TGViewer
Azimjon's Fikrlog Azimjon's Fikrlog @fikrlog · 19.8K subscribers
Post #1675 6.97K
"Yutkazsam ham bellashaman" yohud tishimni qanday sindirganim haqida

8 yosh edim. Endi sut tishlarim tushib, yangi tishlar chiqqandi. Amakimning o'g'li bilan yog'ochdan "chayka" yasagandik. G'ildiraklari podshivnikdan edi. Oddiy mexanika - ustiga kimdir o'tiradi, kimdir esa orqadan itaradi. Tekis yo'lda tez yurardi jonivor.

Bir kuni qo'shnimizning o'g'li yangi olgan velosipedini "tiringlatib" atrofimizda aylanaverdi. Negadir yoqmadi. Shunda men:

- "Hey palonchi, poyga o'ynisanmi?" dedim.

Atrofdagilar "chayka"da yutkazishim aniqligini aytaverardi. Menga esa qizig'i yo'q edi. Do'stimni o'tirgizib, poygaga shaylandik.

Poyga boshlandi. Kuchim boricha, atrofga qaramasdan itarishni boshladim.

Birdan yo'ldan tosh chiqib qoldi. Chayka g'ildiragi toshga urilib mutlaq to'xtadi va men otilib ketdim. To'g'ri yuzim bilan asfaltga ishqalandim. Tishim sinib, qimirlab qoldi. Burnim ham shu payt jarohat olgan bo'lsa kerak.

Uyga borib, ayamdan yaxshigina gap eshitamanmi deb tursam, tezda stomotologga oborib, tishimni mustahkamlash uchun ukol qildirdilar. Kuchi 10 yilga yetadi degandi.

15 yil bo'ldi. Hali ham mustahkam.
  • 🤯 87
  • 👍 50
  • 🤣 48
  • ❤ 15
  • 🔥 10
  • ⚡ 5
  • 🏆 5
  • 👏 2
  • 😍 1
More from @fikrlog
  1. Oct 1, 2026Tabriklayman, Ustozlar!
  2. Sep 27, 2026Rayhon hidi Bu hid menga qulog'iga rayhon ildirib oladigan rahmatli momamni eslatardi. Ten…
  3. Sep 10, 2026"Zamonaviy" yaxshiroq degani emas. Bir yarim yil avval darslarimiz uchun doska oldik. Qop-…
  4. Aug 21, 2026youtu.be/eVklHjJzpyM
  5. Aug 12, 2026Agar ko'p... Gapirasang ———- Podkast ol. Hayol sursang —— Hikoya yoz. Savol bersang —- Tad…
  6. Aug 9, 2026Yarim tunda uyg’onib ketdi. Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi. Tahajjud o’qidi - xursand bo’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →