Xabaringiz bor, kecha Farxod Mannopov operatsiya paytida olamdan o'tdi. Oila a'zolariga hamdardlik bildiraman. Alloh rahmatiga olsin.
Burnim ortidan ko'p yil aziyat chekganman. Oxirigi marta frontit bo'lib qolib, Toshkentdagi 1-sonli shifoxonaga borganimda, peshonamni "yormoqchi" bo'lishgan. Jaxlim chiqib, shifokor bilan janjallashib chiqib ketgandim.
Keyin Polshaga kettim - sovuq joylar. Burnim bitaverardi, 1 yil rinoksil spreyda yurdim (tavsiya qilinmaydi). Toshkentga qaytganimda havo quruqligi tufayli bo'lsa kerak, burnim to'liq bitti. Hech qaysi spreyga ochilmadi.
Shifokorga ko'ringanimda burnimdagi chig'anoqlar shishib ketganligini hamda suyagi qiyshiq ekanligini aydi. To'g'irlash yo'li - operatsiya. Rozi bo'lishga majbur edim. Boshimga berayotgan og'riq tufayli hech narsa qila olmasdim.
Do'stimning otasi LOR shifokori ekan. Operatsiya haqida so'rasam, bir necha kun oldin bir shifoxonada 2 kishi ketma-ket operatsiya jarayonida o'lib qolganini, shifokor tanlashda ehtiyot bo'lish kerakligini aytdi. Vahimaga tushdik.
Operatsiya qildirish qaroriga keldim. Avvaliga "oddiy"dek ko'ringan operatsiya (1 kunda shifoxonadan chiqadi deganiga oddiy deb o'ylagandim), jiddiy tus oldi.
Ertalab 10da ko'zimni yumib va kechgi soat 8da o'zimga kelganimni eslayman. Keyin 1 oy uyda bo'ldim. Kuchli narkoz bo'lgan ekan, bir necha oy xotiram bilan muammolar bo'ldi. Ba'zi odamlarning ismlari, so'zlar esimga kelmay qoldi.
Allohga shukur, operatsiya yaxshi o'tib, 1.5 yildan buyon burnim bitmadi, xotiram bilan esa haligacha muammolar kuzataman. Har bir olayotgan nafasim uchun shukur aytaman.
O'zingnizni ehtiyot qiling.
Post #1659
7.36K
- 👍 460
- ❤ 76
- 🕊 39
- 🤯 36
- 💯 12
- 🐳 4
- 🔥 3
- ⚡ 2
- 👌 2