LLMlar yo'q zamonda ko'p narsa qadirliroq edi.
1. Yozilgan kodning qadri. Masalan bir narsani yakunlash ham oson bo'lmas edi bazida. Bazi narsalarni tadbiq qilgani esa oylab vaqt ketar edi kerak bo'lsa.
2. Bilimning qadri. Kuchli bilimli odamlar qadri ancha baland edi va sezilib turar edi chatlarda ham uning kvalifikatsiyasi. Eslayman internet tanqis davrlarda torrentlardan ko'chirib Hard diskga tutorial yeg'ib o'tirar edik. Zeal kabi dasturlarni ishlatar edik manual o'qigani or apilarni qaragani chunki doyim ham online access bo'lmasligi mumkin edi.
3. Networking qadri ancha baland edi. Odamlar yangi hamkasblar bilan tanishish uchun ham turli forum, chatlarda o'tirishardi. Meetup, conferencelarda ham ancha saviyali mavzular bo'lgani uchun ham odamlar borar edi networking va bilim olgani.
4. Exchange expirence. Tajriba almashinuv ancha qadirli edi bazi momentlarda soatlab debatlar ham bo'lar edi. Tajriba almashar edik va yangi narsalarni ko'p o'rganar edik. Bunday momentlar o'ziga yarasha juda qiziq jarayon bo'lar edi sababi biror narsani soatlab gaplashib debat qilish, hulosalarni jamlab olish va vaqt o'tganida shu narsa amalda tadbiq qilinsa yana shu tajribani boshqalarga ulashish o'ziga yarasha kayf edi.
Bundan taxminan 3-4 yil oldincha dasturlash oddiy kasb bo'lib qolishini aytganimda. Yani qadirsizlanib ketishini aytganimda bu jarayon aynan manashunaqa ko'rinishda bo'lishi hayolimga ham kelmagandi. Shunchaki kuzatuvlarimda ko'rgan edimki odamlar mazza qilib ishlamayabti, ko'pchilik asosan pul topishga kelgan va getting shit done qiladi. Shundan tushungan edimki birkun kelib dasturchining ham qadri pasayib ketadi. Shu kunlarni ham yashayabmiz mana. Buyog'iga nima bo'lishi haqida ham hulosam yo'q. Ammo mani muhandislik bilimlarim farzandlarimga kerak bo'lmasa kerak degan taxminim ham bor. Huddi otamning muhandislik bilimlari manga kerak bo'lmagani kabi.
Post #4267
606
- 😢 14
- 💯 5
- ❤ 1
- 👏 1