Kuzatuvlarim davomida shuni tushundimki soft/hard skills kabi mavzular ajratilishi birmuncha xato bo'lgan.
Bu huddi intelekt darajasiga ham o'xshabroq ketadi. Bilamizki insoning aqliy imkoniyatlarini umumlashtrib intelekt deymiz. Shu o'rinda ko'p eshitamizki aynan IQ haqida yani inson inson aql idroki koeffitsiyenti sifatida aynan manashu o'lcho'v keng tarqalgan.
Ammo intelektning bo'limlari juda ko'p. Masalan emotsional, logical, creative vaxakazo... Xozirda trendga chiqgan mavzulardan biri bu personal development. Odatda manashu personal development bevosita kasbiy rivojlanishga reference qiladi bazida sezmay qolamiz. Bu singib ketgan korparativ muhit madaniyatidan bo'lishi ham mumkin. Yani turli narsalarni top ko'rsatilib shu orqali ommaga qandaydir meyor va normativlar qo'yishga o'xshaydi. Albatta dunyo faqat korparativ muhitdan iborat emas hamma o'z tomoniga tortadi desa ham bo'ladi.
Insonlarni ishda, hayotda, notanish muhitda kuzatar ekanman intelekt mavzusiga chuquroq kira boshladim. Quyida qiziq kuzatuvlarim haqida eslab o'taman:
Bir tomonlama insonlar, bunday insonlar ishda ham hayotda ham unchalik aniq maqsadlar bilan xarakat qilmaydilar. Noqulay muhitda esa juda ko'p shock holatini his etadilar va biroz noqulaylikda ularda panic attack shundoq seziladi. Sotsialda ham qandaydir aniq rolga ega bo'lmasliklarini ko'p kuzatganman. Qandaydir hamkorlikda ham ko'p oqsaydilar. Boshqacha aytganda deyarli hamma intelektual parametrlari default settingsda turgan odamlar hamma tomonlama osongina replaceable figuraga aylanib qoladilar.
Birnecha vektorga rivojlanib ketganlar. Bunaqa odamlar o'ziga yarsha qiziq shaxsiyat man uchun. Chunki ularda aynan qandaydir intelektual parametrlar boshqalardan yaqqol ajralib turadi. Masalan kimdir juda harizmali bo'lgani uchun ham hamkorlik ishlarida yaxshi natijalarga erishadi, yani collaborative, emotional intelekt tomondan rivojlanib ketgan. Kimdir bularni ekstravert deyishi mumkin. Yoki bo'lmasam yana boshqa vektorlarda rivojlanib kegan odamlar. Hullas bunday odamlar bilan doyim suxbatimiz qovushgan va doyim unday insonlar bilan nimadir qilgani doyim katta ishtiyoq bo'ladi.
Juda ko'p vectorlarda yuqori rivojlangan insonlar. Bunday insonlar kam uchraydi, ular bilan kelishish doyim ham oson bo'lmasligi mumkin. Lekin manga doyim qiziq bo'lgan shunaqa odamlar bilan qandaydir aloqalar o'rnatish, afsuski bunday insonlar tanishlarim orasida juda ham kam. Shu sababli hulosalarga yetarli ma'lumotlarga ega emasman.
Ammo insonda intelektdan tashqari moral ham mavjud. Shu sababli bazi narsalar intelekt sabablimi yoki moral sabablimi buni anglash qiyinroq. Masalan sizda rivojlanish uchun katta potensial bo'lishi mumkin, ammo moral chatoq ekani sababli rivojlanish jarayoniga to'sqinlik ko'payadi.
Masalan begona muhitda shockga tushish sababi intelektual emas balki moral muammo bo'lishi mumkin. Chunki yashab qolish uchun kurash morali yaxshi rivojlanmagan. Insonlarni kuzatar ekanman muammolar moral yoki intelektual ekanini aniqlashga xarakat qilaman. Bu esa o'ziga yarasha qiziq hulosa va tajribalar beradi masalan:
Agar insonda kurashuvchanlik morali bo'lmasa demak intelektual rivojlanishga extiyoj bo'lmaydi.
Insonda fanatizm/romantizm morali bo'lsa logical intelekt doyim ham ishlamasligi mumkin.
Agar insonda romantizm rivojlanmagan bo'lsa emotsional intelekt potensiali ochilmaydi.
Agar inson irodali bo'lmasa unda creativity potensiali ochilmasligi mumkin.
Kuzatuvlarim davomida tushuna boshladimki inson rivojlanishi uchun nafaqat intelekt balki moral ustida ham ishlashni bilishi kerak.
Soft/Hard skill emas, intelekt, moral mavzulari aniqroq, fundamentalroq va muhimroq deb bilaman.
Post #4357
359
- 🔥 3
- 💯 3
- ❤ 1