Eyaylar texnalogiyalardan ko'ra ko'proq siyosiy instrumentga aylanib boryabti. Bunday zamonda esa eng muhim narsa sovuqonlikni saqlab qolish.
Korparatsiyalar ko'rsatilyotgan narsalar esa ko'proq marketinga o'xshaydi. Chunki ular oldin ham shunday qilgan va ular allaqachon siyosiy maydonga kirib bo'lishgan. Qiziq bo'lsa o'qib ko'ring: https://en.wikipedia.org/wiki/Corporatocracy
Masalan bunaqa senariyda - Aytaylik qandaydir katta korparatsiya bor va u butun dunyoga dasturiy maxsulotlar yetkazib beradi. Tabiyki bunaqa masshtabdagi kompaniya omma ko'z oldida texnologik lider. Bu amalda bo'lishi ham mumkin sababi resurs ko'p pul ko'p. Endi bu kompaniya o'z productlarini sotishi kerak. Mantiqiy tomondan qarasak albatta uning eng yaxshi reklamasi bu o'zi. Chunki o'zidan katta vendor yo'q. Bu juda ham ayyor strategiya hisoblanadi chunki uni tanqid qilishga qarshi faktlarni topishni o'zi qiyin huddi hammasi tabiy va shunday bo'lishi kerak edi...
Eshmat esa buni ko'radida haa manabu liderlar bunaqa deyabti demak shunday ekan deydi. Bu yerda haqiqat qidirishdan ham aslida mano yo'q sababi bu reja to'liq o'xshasa ham o'xshamas ham reja egalari maqsadiga yetgan bo'ladilar. Albatta hamma o'z maqsadlariga qarab turli narsalardan manfatdor va manfatlar kesishganda raqobatni boshqa bosqichi bo'ladi. Korparatsiyalar odatda kichik va o'rta kompaniyalar bilan raqobat qilmaydilar balki shunchaki egallab oladilar yoki o'zlariga qaram qiladilar. Bunga misol cloud texnalogiyalariga o'tirib qolgan kompaniylar to'laydigan billinglar... Kim amazonga qancha to'laydi ? Faqat amazon emas ammo shu pointdan izlanib ko'ring qiziq bo'lsa.
Biznes ayamaydi. Odatda biznes manfatlari uchun juda ham ko'plab qarorlar qilinadi, bu shunchaki oddiy qarorlar emas balki yetarlicha agressiv yoki bo'lmasam tashqaridan mantiqsiz ko'rinadigan ammo gap tagida gap bor degandek manodagi qarorlar. Misol uchun Yandex express24 va mytaxilarni shunchaki sotib oldi. Ho'sh unga kerakmidi?
Endi tassavur qiling sizni qandaydir AI starupga invest qilgan investorning qanday maqsadlari bo'lishi mumkin. Nu masalan manda investmentga katta pul bo'lsa unda shunchaki investorlik emas balki 2-3 tomonga dallolik ham qilgan bo'lar edim. Sxema juda oddiy masalan cloud computing vendorlaridan biriga distributor bo'lib olaman. Aytaylik AWSga bu degani man aws productlarini sotishim evaziga qanaqadir foyda olishim mumkin.
Ikkinchi qadam esa biror potensial yaxshi startupga investment qilaman. Ammo investing paytida yoki kegin ekskluziv option shifatida yoki shart sifatida aws ga force qilaman. Shunda startup infratuzulmasi awsga o'tadi. Manda investment o'zini olqamasa ham distrubutorlikdan foyda qilgan bo'laman.
Albatta bu bir misol, ammo bunday yo'llar qalashib yotibti. O'ylaymanki sizga reallikning bir parchasini yetkaza oldim.
Post #4232
932
Programming ∀ Hullas RFC balo battarlar bilan hamma joyni standartlashga urunishadi. Ammo kimdir kelib standartlarizga tupurib ketadi. Bu narsa doyim bo'lgan. Shunchalik darajadaki xatto kundalik hayotda ko'p kuzatiladi. Standartlik va nostandartlik tushunchalari shunchalik…
- 🔥 4
- ❤ 1