TGViewer
Programming ∀ Programming ∀ @programming_everyone · 1.35K subscribers
Post #4230 695
Bundan ancha oldin bir odam bilan chatda yozishib qolgan edim. Shunchaki gapimiz qovushib qolgan va u payitda adashmasam AI hype unchalik emasdi.

U odam aytgan gapi: Dasturlashni o'zidan ko'ra biznes ko'proq qiziq shu sababli bu sohadaman va tadbirkorlik koryeramga poydevor quryabman.

Mani savolim: Gonvokod generatsiya qilibmi ?

Jamoada ko'p tajribali odamlar bor reviewlarda doyim ham govnokod devorishmaydi. Biznes uchun qanday kod ekani ham qiziq emas.

Hullas o'sha payitda tushunolmagan edim u odamni mindsetini. Bu narsa paradox masala. Sohada ishlash uchun ham aniq talablar yo'q rostdan ham muhimi ishga kirish uchun kompitensiya bor ekanini ko'rsatish kerak va ish davomida kompitensiya bo'lishi kerak. Hamma joyda bu talablar turlicha va hamma joyga mos kelish ham shart emas. AI bilan interviewdan o'tib ishni ham AI bilan qilishingiz mumkin yoki faqat interviewdan o'tib olib ishni birovlarga qildirsangiz bo'ladi. Ha bular huddiki cheating ammo ishlayabti...

Xozir anashu suxbatni esladim. Chatni qayta o'qiyman deb topolmadim. Ammo endi shu suxbatni eslab u odamni tushunyabmanki biz hammaga boshlang'ich talablar ham qo'ya olmaymiz. Shu sababli filterni contextga bog'lash kerak. Yani nima natija uchun talab qo'yilyabti ?

Agar constraintlar bo'lsa demak requirementlar aniqlash ham oson bo'ladi. Oldinlari nega bizni dasturchilarda enthusiasm o'lik hypedan narisiga o'tishmaydi deb biroz jaxl qilar edim. Ammo endi tushunyabmanki shunchaki hammada prioritet turlicha va buni qabul qilish kerak. Agar ularga nimadir notog'ri ekanini aytsangiz tog'rilashga yordam beraman desangiz-u ular qabul qilmasa. Yaxshisi tinch qo'yish kerak chunki shunchaki turlicha prioritetlar.

Masalan sohada yangiroq hamkasblarga nimadirni aytib bersam yoki tushuntirib bersam ularni bu mavzu haqida research qilmasligi va umuman bu mavzuga boshqa qaytmasligi ham asabimga tegar edi. Chunki biror narsa so'raganida kerak bo'lsa code ham yozberishga batafsil tushuntirishga harakat qilar edim.

Ammo endi tushunyabmanki bu narsa qaysidir manoda ularni prioritetini o'zgartirishga xarakat qilishim ham ekan. Shu sababli ham bunday narsalardan ko'ra aynan biror mavzudagi enthusiastlar bilan nimadir qilish manga ham ko'proq foydali. Chunki ular blan bir kemadamiz. Chegaralar esa doyim yaxshi filterlar qilishga sabab bo'ladi. Masalan kimdir dasturlashda koryera qilish bo'yicha tavsiya so'radimi. Oldin bu mavzuda 2 soat gapirib berar edim erinmasdan. Xozir esa shunchaki nima hohlayotganini so'rayman. Nima istashini bilmasa shunchaki discover qilishini tavsiya etaman. Birov haqida haddan oshiq qayg'urish ham unga nisbatan hurmatsizlikdek yaxshisi option berish kerak. Yoki bo'lmasam bazida force qilasiz agar bu narsa sizga ham bog'liq bo'lsa. Bo'lmasam indamay qo'yaverishlik ham foydali. Haa demak kompyuterni bilasiz debqo'yaman shu yetarli.

Hamma qiziq narsalar siz bir kemada bo'lgan odamlar bilan bo'ladi. Sababi siz nimadir qilasiz va unga share qilasiz uyam nimadir qilganini share qiladi. Bazida uzoq muhokama ketadi yoki tanqid bo'ladi va tog'irlanadi. Bir kemada degani 1:1 mos keladi degani emas shunchaki eng kamida siz aytgan gaplarga savol beradi yana )) yoki tanqid qiladi. Lekin boshqa kemadagi odamga piroritetlarni o'zgartir va bizga o't deyishdan mano yo'q.

Bu narsalarni yaxshi tushunganim turli conflictlar oldini ola boshladi. Agar kimdir xato narsa aytsa unda xato ekanini aytaman lekin qolgan qismi bilan ishim yo'q. Lekin birovni boshqacha piroritet qilgani uchun ayiblashdan foyda yo'q degan fikrga kelyabman. Muhimi uning is ishlari siz bor jamiyaga tasir qilmasin.
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 🤝 1
More from @programming_everyone
  1. Sep 28, 2026mongodb cooked, ceosi survoribti metaga. va stock choq -16% xozir adashmasm 20%gacha tushi…
  2. Sep 26, 2026Masalan hamma cho'qqini zabt etishni istaydi, buning uchun borini berishga xarakat qiladi.…
  3. Sep 26, 2026Kuzatuvlarim davomida shuni tushundimki soft/hard skills kabi mavzular ajratilishi birmunc…
  4. Sep 24, 2026balanced
  5. Sep 23, 2026Yaqinda bo’lgan safarda tog’rda balandlikdan sakrab sirg'anib kettim. Hech qanday jiddiy j…
  6. Sep 23, 2026Leetcode - leetcode competitive programming platform emas. Masalan codeforces, atcoder kab…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →