TGViewer
Programming ∀ Programming ∀ @programming_everyone · 1.35K subscribers
Post #4221 728

Forwarded from Xinux (bahrom04)

Xinux 26.05 Nashri

Bugun butun Xinux jamoasi fahr ila yangi Xinux versiyasini nashr qilganimizni eʼlon qilamiz. 26.05 Mahalla nomli relizimiz, 2026-yil Mahalla yili nomiga bagʻishlangan hisoblanib, unda juda koʻplab yangilik va oʻzgarishlar oʻz ichiga oladi. Jumladan:

- Dasturiy taʼminotimiz koʻrinishini qayta kashf qildik.
- Operatsion tizimimizning oʻrnatuvchi dasturi yanada takomillashdi.
- Biz yozgan va taqdim etadigan E-IMZO Menejer oxirgi nashr qilingan kalitlar bilan hech qanday xatoliklarsiz ishlashda davom etadi. Hamda, dastur yanada stabillashtirildi.
- Relago nomli, xatoliklar aniqlovchi vositamizni kashf qildik. Ushbu dasturimiz texnik ishqibozlarimiz uchun “Haskell” dasturlash tilida birinchi bor yozilganligi oʻzbek dasturchi hamjamiyatlarimizda yangilik, ham tilning mahalliy potensialiga isbot boʻldi. Ushbu harakatda oʻzlarini hissalarini qoʻshgan “Haskell Oʻzbekiston” hamjamiyatidagi ishqibozlarga katta tashakkurlar bildiramiz, sizlarsiz biz buni yolgʻiz uddalay olmas edik!
- Texnik va chuqur bilimli mutaxassislarimiz uchun yangi, oson va qulay modullar taqdim etdik. Tizimdagi har xil qismlarini oʻz xohishlariga binoan module-manager dasturi orqali sozlab olishlari mumkin.
- Mahalla reliz nomiga xos tizim orqa fonlari qoʻshildi.

Bu hali tamom emas albatta! 26.05 ustida ishlar davom etadi va bu bilan birgalikda bir necha olib borilayotgan yangiliklar davomiy taqdim etiladi. Jumladan, Xinux OTga bagʻishlangan sozlamar dasturi va hokazo.

Yanada baʼtafsil maʼlumotlar uchun, bizning vebsaytimizga tashrif buyuring: https://xinux.uz/releases/26.05

Oxirgi relizni yuklab olish: https://xinux.uz/download

Endichi? Keyinchi?

NixOS nashr metodologiyalaridan ilhomlangan holda, yangi reliz ustida ishlarni boshladik va loyiha ustalari bilan kelishilgan holda “Susambil” deya nom berdik. Kelasi 26.11 “Susambil” relizimiz juda katta yangiliklarni nashr etadi va rostdan ham Susambil boʻladi. Aytaylik, hozirda 25.11 dan 26.05 ga qayta oʻchirib tashlab, oʻtish kerak boʻlayotgan boʻlsa, kelasi 26.05 dan 26.11 ga silliq oʻtib ketish imkoniyati paydo boʻladi. Hamda, fayllarni fleshkada oʻzingiz bilan olib yurmaslik imkoniyati paydo boʻladi. Dasturchilar uchun ham Xinuxʼga ilova-yu qoʻshimchalar qoʻshish imkoniyati yaraladi. Ushbu qulayliklardan foydalanadigan kun kelishini intiqib kutib qolamiz va astoydil harakat qilamiz.

Bizga ishonch bildirgan va qoʻllab-quvvatlagan har bir ishqiboz va foydalanuvchilarimizga tashakkur bildiramiz.


Hurmat ila, “Uzinfocom Open Source” departamenti.
xinux.uz Xinux 26.05 "Mahalla" – Xinux Xinux 26.05 reliz eslatmalari
  • 🔥 5
  • ❤ 1
More from @programming_everyone
  1. Sep 28, 2026mongodb cooked, ceosi survoribti metaga. va stock choq -16% xozir adashmasm 20%gacha tushi…
  2. Sep 26, 2026Masalan hamma cho'qqini zabt etishni istaydi, buning uchun borini berishga xarakat qiladi.…
  3. Sep 26, 2026Kuzatuvlarim davomida shuni tushundimki soft/hard skills kabi mavzular ajratilishi birmunc…
  4. Sep 24, 2026balanced
  5. Sep 23, 2026Yaqinda bo’lgan safarda tog’rda balandlikdan sakrab sirg'anib kettim. Hech qanday jiddiy j…
  6. Sep 23, 2026Leetcode - leetcode competitive programming platform emas. Masalan codeforces, atcoder kab…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →