Hamma bilan kelisha olamizmi?
Ommaviy kelishuv qiziq masala. Masalan hech o'ylab ko'rganmisiz sizning networkda siz bilan fikrlari mos keladigan odamlar qancha ?
Albatta bunday statistikani olishni ilojisi yo'q, chunki hamma odamlarda juda ham turfa dunyoqarash va insonlar bilimi mavzusi juda ham katta. Bir kishini networki darajasida qaralsa ham xisoblash qiyin va hammaning bilim darajasi farqli.
Ammo insonlar kelishadilar. Yani sotsial integratsiyalar hammada bor va u turlicha ko'rinishda bosqichda vaxakazo. Kelishuvlar sabablari turlicha. Ammo bu yerda prioritetdagi narsalar ahamiyatga ega deb xisoblayman. Yani insonlar bilan qachon kelishuv juda yaxshi bo'ladi ? Qachonki mavzular juda cheklangan tor doirada bo'lsa. Aytaylik O'zbek taomlari. Bu borada bizni mitaqadagi juda ko'p odamlar bilan kelishuv qilish nisbatan oson, lekin shunda ham prioritetlar turlicha yani turli regionlarda ovqatlar ham turlicha tayyorlanadi va o'ziga hos ta'mga egadir. Ammo kelishuv shansi balandroq sababi ovqatni mazasi, maxsulotlar sifati va ularning organizmga beradigan foyda/zarari taxminiy. Undan tashqari boshqa tanlovlar maxsulot miqdori nisbati vaxakazo, yog'li go'sh yog'siz go'sht yoki yashil yoki qizil bulg'ori vaxakazo deganlaridek.
Kelishuvlar o'ziga yarasha qiziq narsa amaliyot desa bo'ladi chunki hamma narsa 1:1 match bo'lmaydi doyim ham. Bunda esa kompramislar qilinadi A va B. Yani ikki tomon o'zaro murosa uchun talablarining bir qismidan vos kechadi. Intelektual jamiyatda murosa qilish kundalik sotsial amaliyotlardan desak ham bo'ladi. Biz insonlar bilan komunikatsiya qilamiz va turli kelishuvlar jarayonida qaramaqarshilik chiqsa kompramisga borishimiz mumkin yani talablarimizning bir qismidan vos kechishga tayyor bo'lishimiz yoki bizga kelgan arugmentlar asosida o'z talablarimizni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin.
Ha sezgan bo'lsangiz talablar kelishmovchiliklardagi bir omillardan biri xisoblanadi. Prioritetlar esa manashu talablarning darajasidir. Talablar esa ma'lum maqsadlar ustiga quriladi talabni o'zi ham xato bo'lishi mumkin yani maqsadga erishib bo'lmasligi mumkin. Yoki bo'lmasa talabni qondirish juda ham ko'p resurs sarf qilishi talabni qiyinlashtiradi. Resurs yetishmovchiligi esa boshqa talablarga sabab bo'ladi bu degani maqsad uchun maqsasd.
Endi qiziq narsa. Keling manashuni dasturlash tomonga buramiz. Endi savolni qayta beramiz. Ho'sh dasturlashga aloqador mavzular doirasida hamma dasturchilar bilan kelisha olamizmi ? Savolni javobi o'zi bilan.
Bu talablarga bog'liq aniqrog'i maqsadlarga. Ammo maqsad kelishuv emas kelishuv jarayon.
Kelishmovchiliklar muammo emas. Bu ham jarayon natija emas. Kelishmovchilik jarayoni kelishuvga nisbatan negative jarayon. Yani bu holda ham kelishuv potensiali yoki kelishmovchilik potensiali mavjud.
Endi bu jarayon natijaga aylanishi uchun yoki natijaga olib boradigan jarayonga aylanishi uchun xarakat qilish kerak. Buning uchun kerakli instrumentlardan biri munozara haqida aytib o'tdim. Ammo bu doyim kerakmi ? Fikrimcha bu narsa aynan qanday tarafdan qaralishiga bog'liq. Masalan political or human relationship ? Chunki siyosatda insonlar munosabati yo'q. Bu degani agar hamkasb do'stingiz bilan ishga aloqador mavzuda munozara qilsangiz boshqa. Hamkasbingiz bilan ishdagi muammoni hal etish yuzasidan qilingan munozara boshqa. Ikki holatda turli natija olishingiz ham mumkin.
Post #4216
814
- ❤ 5