Hullas RFC balo battarlar bilan hamma joyni standartlashga urunishadi. Ammo kimdir kelib standartlarizga tupurib ketadi.
Bu narsa doyim bo'lgan. Shunchalik darajadaki xatto kundalik hayotda ko'p kuzatiladi. Standartlik va nostandartlik tushunchalari shunchalik nisbiyki bazida standartga amal qilish munofiqlikga ham o'xshaydi va huddi shunday standartga amal qimaslik ham.
Standartni esa kimni quvvati bo'lsa anashu qo'yadi. Albatta o'ziga tog'irlab qo'yadi )) Masalan cloud ekotizimlar qurishni research qilayotganimda juda ko'p standartlar Amazon, Google tomonidan yoki o'shayerdagi odamlar tomonidan qilinganini ko'rgan edim. Masalan bunaqa temalar: https://www.iso.org/ics/35.210/x/
Masalan siz qandaydir container yoki VM sistema qilsangiz agar standartga javob bermasa butun infratuzulmani o'zingiz qurishizga tog'ri keladi. Lekin standartga amal qilsangiz juda ko'p overheadlar kutib turibti sizni.
Xozir esa yanada yaxshiroq ko'ryabmiz bu mavzuni masalan o'sha MCP protocoli yoki anavi TOON, TSON vaxakazolar. Masalan CSV bor edi. Yani bu narsalarndan maqsad doyim ham nimadirni hammaga tushunarli yoki yaxshiroq qilish emas balki o'ziga qulay qilish yani biznes orieted.
Bu narsa doyim actual bo'lgan codeclarni eslang. VLC + ffmpeg bo'lmagan payitda Apple va windows da alohida playerlar bo'lgan. Masalan avvalari windows playerda ochgan videoni appledagi quickTime ocholmas edi. Bu yerda tarix bilan batafsilroq tanishsangiz bo'ladi: https://youtu.be/NjqacgFnSAo?si=NMqHQmAmgkrW1ltm
Standartlarga amal qilish doyim ham muammoyingizni hal etmaydi. Maksimal impact bu sizga beriladigan infratuzulma. Masalan http orqali siz har qanday tilda yozilgan, har qanday platformada ishlaydigan dasturlar o'rtasida data transfer qila olasiz. Masalan browser va sizni custom linux serverizda ishlayotgan backend dastur. Shu sababli ham ko'pchilik standartlarga bevosita yoki bilvosita follow qilishadi. Ammo texnik tomondan qaraganda bu narsalar umuman muhim emas, agar Terry Davis biratdaka bo'lsangiz hamma narsa qilishingiz mumkin.
Post #4215
751
- 😇 3