Toshmat aytadi, X tilni o'rgansamikan qanday tavsiya berasiz ?
Ko'p beriladigan javob: Ko'p sakrama bittasini o'rgan!
Yaqingacha o'zim ham shunday javob berganman. Ammo fikrim o'zgara boshladi.
Masalan siz biror tilda qandaydir projectlar yoza olayabsizmi ? Uje production qilyabsizmi ?
Unda yangi tilni o'rganish makesense. Ammo birnecha nuaslarni hisobga olish kerak.
1. Maqsad. Shunchaki qiziq deyish doyim ham yaxshilikga olib bormaydi, biroz qiynalsangiz tashlab qo'yasiz. O'zimda ham shunday. Shu sababli aniqroq maqsad qo'yish kerak, masalan siz falon tilda aynan nimadir qanaqa qilinishini o'rganmoqchidirsiz. Aytaylik rustda error handling. Yoki boshqa tillarda Error handlingni o'rganyabsiz va rustdan boshladingiz.
2. Code yozish kerak. Hullas 40ta maqola o'qiysizmi video dars, conference ko'rasizmi foydasiz agar code yozmasangiz. Buning sababi siz code yozganda o'zingiz detailed design qilasiz. Shunda siz biror darslikda ko'rmaydigan holatlarga duch kelishingiz mumkin aytaylik
Result<Result<T>> boshida match qilib yuraverarsiz, ammo savol paydo bo'lishi mumkin balki eng boshidan bunaqa narsaga olib kelmasmiz ? Hullas code yozish oqibatida tajriba ham olasiz va eng muhim qismi shu.Kuzatuvchilar orasida qancha odam javada yozadi bilmayman. Ammo hamma ham manabu narsani bilmasligi aniq: https://t.me/programming_everyone/4186
Buning sababi esa comfort zone xisoblanadi. Siz falon tilda nima qanday qilinishini bilib olgansiz va siz uchun ananaviy uslubga aylanib qolgan. Endi bu uslubni o'zgartirishni istamaysiz.
3. Demak agar siz yangi til o'rganishni istasangiz eng muhim narsalardan biri bu sizni comfort zonedan tashqariga olib chiqish. Agar siz hamma joyda panic, va throw qilib tashlayotgan bo'lsangiz yangi til esa bunday qilishga bermasa siz xatoliklar bilan ishlashda yangicha qarashlarga ega bo'lasiz.
Yangi til o'rganib eski ish qilish - Masalan siz Javada backend yozasiz va Haskell o'rganyabsiz. Agar haskellda ham backend, crud yozaman desangiz unda biroz zerkib qolishingiz mumkin. Shu sababli boshqa muammoni hal etishga xarakat qilib ko'rish kerak. Masalan Haskellda sodda interpreter yozib ko'rarsiz.
Yangi til, yangi domain sizdagi dunyoqarashni va tajribani yanada oshiradi. Bu ham yana boshqa prismdan ko'rish imkonini beradi.
Hulosa: Hohish, motivation bo'lsa maqsadli xarakat yaxshi. Ammo bu narsaga hamma narsa kerak degan perespektivadan qarash kerak emas. Shunchaki qotib qolmaslik uchun harakat qilish ham yetarli bazida. Shunchaki etibor qilish kerak nimadir processdan qanday natija bo'lishiga. Agar maqsad process bo'lsa unda natija bo'lmaydi. Agar sizda natija yangi dasturlash tilini o'rganish bo'lsa bunga erishishingiz imkoni past deb o'ylayman. Agar sizda natija siz uchun yangi dasturlash tilida qandaydir dastur qurish bo'lsa unda buning foydasi bo'lishi mumkin.