TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
932
Photos
734
Videos
80
Links
915

Showing posts older than #828 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #827 134
Sobiq Tata mehmonxona ichida Raj Kapur restoranida koʻp yillik tanishim bn Malayziyani eslab hind ovqatini yedik )))
  • 👍 2
Post #826 116

Forwarded from Dr. Algorithm

Rahbar ishni bajarmas emas

Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.

Bitta aytgan gapi qiziq tuyuldi.


- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u.
- Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi?
- Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.

Bugun bilan emas, kelajak bilan yashashing kerak.


Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy.

Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan.

Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor:
1. Foyda berish o‘lchovlari.
2. AT tizimlarga hissasi.
3. ATga aloqador biznes xavf.
4. AT nazorat usullari.

Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga:
- Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing)
- Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan)
- Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi.

Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.

Demak "AT sababli biznesga ta’sir qiladigan xavf" emas ekan bu ham "Biznes xavfi" ekan deb.


Demak

Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.

Moshina poygasida ham haydovni qanday haydashni biladi, yonidagi odam qayerga haydashni etib turadi.


Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz.

08.01.2026 London
@DrAlgorithm
Post #824 86

Forwarded from Adkham Zokhirov

"Xarita.ai" loyihasi...

Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.

Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun

Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!

Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇

Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU

Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!

(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)

@adkham_zokhirov
YouTube Sun'iy Intellektni Qayerdan O'rganish Kerak? | Bepul Xarita.ai Platformasi Sun'iy intellekt (AI) rivojlanib bormoqda, lekin uni qayerdan va qanday o'rganishni bilmayapsizmi? 🤔 Bugungi videoda biz sizga Xarita.ai platformasini taqdim etamiz — bu AI dunyosiga kirib borish uchun mukammal yo'l xaritasi! Platformaga kirish: https://xarita.ai…
Post #823 111
Qiziq boʻlarkan)))
Sani shogirtlarini chollar deb aytishsa… Shunda man dinazavr boʻlamanmi? )))
  • 😁 2
Post #822 270
✨ 2026 йил муборак бўлсин!
Янги йилда кодингингиз bug’ларсиз, продакшнингиз downtime’сиз,
лойиҳаларингиз scalable, қарорларингиз data-driven бўлсин.

🚀 Карерангизда — янги стартаплар, катта контрактлар, халқаро жамоалар,
📈 лойиҳаларингизда — clean architecture, тўғри паттернлар ва кучли performance.

🤖 AI ва ML сиз учун фақат тренд эмас, балки реал натижа берувчи инструментга айлансин,
☁️ Cloud’лар арзон, тез ва хавфсиз бўлсин.

💡 Идеяларингиз MVP’дан маҳсулотга,
📦 Git репозиторийларингиз — star’ларга,
🧠 билимингиз — экспертиза даражасига чиқсин.

🧘‍♂️ Debug’дан асабийлашмасдан,
🛠 Refactor’дан қўрқмасдан,
🏆 Production deploy’лардан фахрланиб юрадиган йил бўлсин!

🎯 2026 — сиз учун
код ёзиладиган,
масштабланадиган,
даромад олиб келадиган
ва таъсир қолдирадиган йил бўлсин!
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #821 107
Post #819 83
Shu yaramas Kimyogar oʻqigandan beri shunaqa narsalaga ahamiyat beradigan boʻldim )))
PS. Qur’onda ham atrofga nazar solib Allohning qudratini tafakkur qilish ham juda koʻp takrorlangan…
  • ❤ 1
Post #818 68

Forwarded from Khumoyun Codes

Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
YouTube Nega dasturchi tadbirkor bo'lolmaydi? Qudrat Abdurahimov | TechGurung Salom dasturchilar 👋🏻 Bugalgi mehmonimiz ustozlarning ustozi Qudrat Abdurahimov. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissani birga eshitamiz. Suhbat bo'yicha fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring…
Post #817 87
Post #813 88

Forwarded from Dr. Algorithm

Unga foyda!

Bir odam dengiz boʻyida yurib ketayotib, bir bolani koʻrib qoldi. Oldiga borib qarasa, bola qirgʻoqdagi dengiz yulduzlarini suvga uloqtirayotgan edi.

- Nima qilyapsan?
- Assalomu alaykum amaki, kecha toʻfon tufayli suv kelib, bu dengiz yulduzlarini qirgʻoqqa chiqarib qoʻydi. Ularga suvga qaytishga yordam beryapman, - dedi bola navbatdagi dengiz yulduzini suvga uloqtirar ekan.
- Qirgʻoq bir necha kilometr uzun boʻlsa, hammasini tashlay olmaysan.
Bola jilmayib qoʻydi.

- Senga nima foyda? - dedi odam.
Bola navbatdagi dengiz yulduzini yerdan olib, odamga koʻrsatdi va dedi:

- Unga foyda!

~~~

Ba'zida biz bilib-bilmay aytgan gapimiz yoki qilgan amalimiz kimgadir yordam berishi yoki uning hayotida ijobiy burilish yasashi mumkin. Garchi biz o'sha vaqtda u inson bilan birga bo'lmasak va natijani ko'rmasak ham, bitta odamning hayoti yaxshilanishiga sababchi bo'lgan bo'lamiz.

~~~

Kecha MuhammadKarim ajoyib taklif bilan chiqdi. (Yangi challange)

Chet davlatida yurgan va ATga qiziqadigan yoshlarga tekinga yordam beraman dedi.


Yanada quvonarlisi juda koʻp AT hamjamiyat faollari unga qoʻshildi. Bu juda quvonarli holat, chunki har bir faol kamida bitta odamga foydali boʻlsa, yoshlarimiz oʻz yoʻlini topib ketishga katta turtki boʻladi.

~~~

Butun dunyoni bir vaqtning o'zida o'zgartira olmasak-da, birgina insonning hayotini o'zgartirish u inson uchun butun dunyoning o'zgarishi bilan barobar.

21.12.2025 London
@DrAlgorithm
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #810 88

Forwarded from Yo'lda

Bolang Rossiyaga bormasin...

Erkak kishining hayotida qilishi mumkin boʻlgan eng qiyin ishi — farzand tarbiyasi.
  • 😢 2
Post #808 93
Rostan ham manda shunday boʻldi
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →