TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
932
Photos
734
Videos
80
Links
916

Showing posts older than #808 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #807 101
Beads Cursorda ham ishlirkan. Rostanam setting hamma agentlar uchun qo'llanarkan. Nimada yozish yoki qaysi agent qo'llash muhim emas ekan. Gap yo'q.
Post #804 242
Beads juda ajoyib tool ekan =)
Bugun 2 soat o'tirib modest projectda qo'llab ko'rdim.
Vibe coding juda osonlashib va yahshilashib ketvotti
Post #798 65
Sogʻlom tanda sogʻlom aql.
  • 🔥 1
Post #795 60

Forwarded from Dr. Algorithm

O‘zbekistonda karta qanday ishlaydi?

Kartadan pul yechib olish yangilik emas. Humans holati bilan jar solishmoqda, ammo masala bundan jiddiyroq.

Bir boshdan aytib beraman.

Bank va karta farqli olam.

Karta amaliyoti 2 xil bo‘ladi:
1. O‘zida pul saqlaydigan karta.
2. Bank hisob raqamiga ulangan karta.

2-holat yaxshi, 1-holat xavfli.


Keling 1-holatni tahlil qilib ko‘ramiz.

Siz ishga kirganingizda oylik tushishi uchun karta ochishni so‘rashadi. Siz ishxonangiz aytgan bankda karta ochib kelasiz.

1. Nima uchun ishxona aytgan bankda?
2. Nima uchun sizda bor kartani ishlatib bo‘lmaydi?
3. Nima uchun karta bo‘lishi kerak, sizning bank hisob raqami emas?

Sababi, bizda barcha pul kartada turadi va buxgalterga pul tashlash o‘zining bankida qulay.

Kimdir aqllilik qilib, pul kartada emas, bankda turadi deyishi mumkin. Lekin pulning boshqaruvi kartada ekan, pul kartada hisoblanadi.

Demak, pul kartada ekan, bank sizning pulingizni boshqara olmaydi. Shu bilan birga himoya ham qila olmaydi.

Karta ishlab chiqaruvchi nima desa bank shuni bajaradi.


2-holat bo‘lsa-chi?

Sizda bank hisob raqami bor. (20 xonali son).

"Oylikni shu hisob raqamimga tashlab bering", - deysiz. Karta esa, shu hisob raqamga ulanadi. Kartani ishlatganingizda bankdan hisob raqamingizni tekshirib kelib, keyin pul yechadi.

Bank bermayman desa, pul yechilmaydi.


Bu usulda bank mijoz pulini qo‘riqlaydi. Har bir to‘lov turi, maqsadi, qayerda ishlatmoqda, hammasini nazorat qiladi.

Bitta bank hisobiga birnechta karta ulash mumkin.


1. Mayda xarajatlar uchun.
2. Farzandingiz ishlatishi uchun.
3. Oylik to‘lovlar (subscription) uchun.

Har bir karta xarajatini nazorat qila olasiz. Kartaga shart qo‘ysa olasiz, bloklay olasiz. Bu oylik budjetni nazorat qilishga katta yordam beradi.

Pul yig‘moqchi bo‘lsangiz, yana bir hisob raqam ochasiz va har oy unga pul tashlab turasiz. 2-hisob raqamingizni hech qayerga ulamaysiz. Bankda xavfsiz turadi.

Pul bankda turgani uchun bank foyda ko‘radi. (Kreditga qo‘ygandek. Halol emasligi boshqa masala). Shu foydasi tufayli sizga turli keshbek va aksiyalar qila oladi.

Sodda qilib aytsam:

1. Pul kartada tursa, karta chiqaruvchi javobgar.
2. Pul bankda tursa, bank javobgar.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Kimning vakolati kattaroq, banknikimi yoki karta chiqaruvchiniki?


Man doim bankda mobil ilova ishlatsam kartadagi pulni bank hisob raqamimga o‘tkazaman. Ikkala hisob bitta bankka tegishli bo‘lgani uchun, o‘tkazish tekin.

"Moshennik"lar kartani boshqara oladi. Bank hisobini emas. Shunga bank hisobida pul ushlash xavfsizroq.

Endi pul o‘g‘irlash mavzusiga kelsak.

Kartani online boshqarish bizda 2014 yilda boshlangan. U vaqtda men ham O‘zbekistondagi FinTech korxonada ishlar edim.

UzCard ilk marta API chiqardi.


Bu juda katta burilish bo‘ldi. Chunki hech bir karta yoki bank hisobini onlayn boshqarish mavjud emas edi.

API hujjatlarini o‘qib, qiziq narsaga ko‘zim tushdi. Mijoz kartasini mobil ilovaga ulasa, token berilar edi. Shu token yordamida kartani to‘liq boshqarish imkoni bor edi: balansni bilish, pul yuborish kabi.

Bir martalik holat uchun rozilik belgisini bosmasangiz, tokenni saqlab qo‘ymas edi. Lekin shunda ham token kelar edi.

Man hayron bo‘lgan edim.


Nima uchun man saqlamasdan to‘lov qilsam ham token kelmoqda. Shaxsiy ma’lumotlar qonuniga mos kelmaydi.

Sherigimga aytsam:
- Bilmadim, o‘zligi biladi, - deb qo‘ya qoldi.
- Bir kun kelib, bitta app chiqadi. Hammaning tokenini yig‘ib, pulini o‘g‘irlaydi, - degan edim.
Sherigim kulib qo‘ygan edi.

So‘nggi yillar FinTech korxonalar ko‘payib ketdi. Hammasi ham PCI DSS kabi xavfsizlik tizimlariga javob bermaydi. Bilganicha shaxsiy ma’lumotlarni ishlatishmoqda.

10 yillik muammo esa ochiq qolgan.


Tavsiyam
1. Kartangizda katta pul saqlamang.
2. Kartani hamma ilovalarga ulab tashlamang.
3. SMS kodni hech kimga aytmang.
4. Terminalida pin kodni o‘zingiz tering.
5. Bankda hisob raqam oching.

Mavzu katta, qisqacha fikrimni bildirdim. Agar savollar bo‘lsa, izohda yozing. Bilsam tushuntirib beraman.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

11.12.2025 Istanbul
@DrAlgorithm
  • 👍 1
Post #794 63
Bugungu desk setup. Kechagi yahshiroq edi. Katta monitor bor edi. Bugun EPAM Maxtumqulidagi ofisda hamma joyni bron qilishibdi. Majbur turib ishlirkanman ))) Bu joy bronnqilinmidi.
  • 🔥 1
Post #793 68

Forwarded from JR TwitGram 🥂

Hamma EyAy deb yurgan paytda biz vaqt mashinasini ishga tushirgan ko'rinamiz
  • 😁 1
Post #792 69

Forwarded from AWS User Group Tashkent

🎮 Play, Build, Learn: AWS Builder Cards Showdown + pre:cap
A festive New Year gathering by AWS Tashkent User Group

Join us for a fun, hands-on end-of-year community event where we'll mix games, learning, and good company!

✨ What's Waiting for You

🎲 AWS Builder Cards Showdown
A friendly, light-tournament style game session where you'll design cloud architectures using AWS Builder Cards.
No prior Builder Cards experience needed - just bring your curiosity and team spirit!

☁️ AWS re:Invent 2025 re:cap
Before diving into the new year, we'll look at the most exciting updates, innovations, and announcements from AWS re:Invent 2025 - and what they mean for builders, developers, and cloud enthusiasts.

🎉 Holiday Atmosphere
A relaxed, festive vibe to wrap up the year with the AWS community. Great conversations, new friends, and plenty of fun.

📅 Event Details
Date: December 20, 2025
Time: 12:00 - 15:00
Location: School 21

🎟️ Register now: https://forms.gle/abQbBixRhQD5ygcy7

See you there! 🚀
Post #791 114
PoC. Turib ishlash ))) 200$ ga turadigan stol olish oldidan sinov qivomman )))
  • 🔥 3
Post #787 54

Forwarded from MJ

"Ana surprizu, mana surpriz"
  • 🤣 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →