TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 932 subscribers
Post #813 88

Forwarded from Dr. Algorithm

Unga foyda!

Bir odam dengiz boʻyida yurib ketayotib, bir bolani koʻrib qoldi. Oldiga borib qarasa, bola qirgʻoqdagi dengiz yulduzlarini suvga uloqtirayotgan edi.

- Nima qilyapsan?
- Assalomu alaykum amaki, kecha toʻfon tufayli suv kelib, bu dengiz yulduzlarini qirgʻoqqa chiqarib qoʻydi. Ularga suvga qaytishga yordam beryapman, - dedi bola navbatdagi dengiz yulduzini suvga uloqtirar ekan.
- Qirgʻoq bir necha kilometr uzun boʻlsa, hammasini tashlay olmaysan.
Bola jilmayib qoʻydi.

- Senga nima foyda? - dedi odam.
Bola navbatdagi dengiz yulduzini yerdan olib, odamga koʻrsatdi va dedi:

- Unga foyda!

~~~

Ba'zida biz bilib-bilmay aytgan gapimiz yoki qilgan amalimiz kimgadir yordam berishi yoki uning hayotida ijobiy burilish yasashi mumkin. Garchi biz o'sha vaqtda u inson bilan birga bo'lmasak va natijani ko'rmasak ham, bitta odamning hayoti yaxshilanishiga sababchi bo'lgan bo'lamiz.

~~~

Kecha MuhammadKarim ajoyib taklif bilan chiqdi. (Yangi challange)

Chet davlatida yurgan va ATga qiziqadigan yoshlarga tekinga yordam beraman dedi.


Yanada quvonarlisi juda koʻp AT hamjamiyat faollari unga qoʻshildi. Bu juda quvonarli holat, chunki har bir faol kamida bitta odamga foydali boʻlsa, yoshlarimiz oʻz yoʻlini topib ketishga katta turtki boʻladi.

~~~

Butun dunyoni bir vaqtning o'zida o'zgartira olmasak-da, birgina insonning hayotini o'zgartirish u inson uchun butun dunyoning o'zgarishi bilan barobar.

21.12.2025 London
@DrAlgorithm
  • ❤ 3
  • 👍 2
More from @pro_aim
  1. Oct 16, 2026PR yasaldi. Endi uxlasa bo'ladi
  2. Oct 16, 2026Ertaga futbolgayam borish kere hali =)
  3. Oct 16, 2026Shuncha narsa ko'rib chiqishim kerekan hali =) Sizlarda ham shunaqa yig'ilib qoladimi>
  4. Oct 16, 2026Qisqa va lo'nda =)
  5. Oct 16, 2026Tinchgina uxlimikin a? Bo'masam kechigidaka soat 3 gacha qolib ketamanmi a?
  6. Oct 16, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →