TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
911
Photos
696
Videos
77
Links
880

Showing posts older than #1511 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1510 602
Ko'zni quvontirvottiku =)
Post #1509 588
Va nihoyat /wayfinder ishlatadigan task keldi =)
  • 🔥 2
Post #1508 528
/local-test ga ham br ga hamma edge caselarni yozib shu bo'yicha tekshir deb aytvomman =)

Qiziq tomoni siz ham qaysi use case tekshirilvotganini ko'rib turishingiz mumkin.
Post #1506 255

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Kitob o'qish uslubingizni o'zgartiradigan AI: Gemini Notebook (sobiq NotebookLM)

Tasavvur qiling: sizda bir mavzuga oid 10 ta qalin PDF darslik bor. Ularni o'qish, konspekt qilish va tushunish uchun oylab vaqt ketadi.

Endi shu 10 ta kitobni bitta tizimga yuklaysiz — u bir necha daqiqada hammasini tahlil qilib, siz uchun quyidagilarni tayyorlab beradi:

- Xulosa va konspektlar: eng muhim joylardan qisqa tahliliy hujjat shakllantiradi.
- Taqdimotlar: tahrirlash va yuklab olish mumkin bo'lgan tayyor PowerPoint slaydlarini yaratadi.
- Fikr xaritasi (Mind Map): tushunchalar qanday bog'langanini vizual ko'rsatadi.
- Flesh-kartochkalar: atama, sana va formulalarni tez yodlash uchun kartochkalar tuzadi.
- Testlar: bilimingizni sinaydi va xatolaringizni batafsil tushuntiradi.
- Video: kitob mazmunini slaydli qisqa videoga aylantiradi.
- Interaktiv podkast: ikki suhandon kitobni oson tilda muhokama qiladi. Hatto ularning gapini bo'lib, o'rtada savol berishingiz ham mumkin!

Eng zo'ri nimada?

Oddiy sun'iy intellektlar ba'zan o'zidan ma'lumot to'qiydi. Gemini Notebook esa faqat siz yuklagan kitoblardan javob oladi va har bir javob ostida manbaning aynan qaysi sahifasidan olinganini ko'rsatadi. Uni ishonchli tekshirish juda oson.

Qanday boshlash kerak?

Google profilingiz bilan notebooklm.google.com saytiga kiring, bloknot yarating, kitoblarni yuklang va o'ngdagi Studio bo'limidan o'zingizga kerakli formatni tanlang. Asosiy imkoniyatlari mutlaqo bepul.

Sinab ko'ring va qaysi funksiya ko'proq yoqqanini kommentlarda yozib qoldiring!
  • 👍 2
Post #1501 611
7:3 yutqazdik.
Obshiyda 7:7 doʻstlik gʻalaba qozondi )))
  • 😁 1
Post #1500 624
7:2 ga yutqazvommiza )))
Tayyorgarlik qattim boʻpti shekilli
Post #1499 632
Bugun revansh. Kichkina polyada 4:0 yutgandik. Endi kattada oʻynashvotti.
  • 👍 2
  • 🙈 1
Post #1498 586
Ertalabdan ilhommi beliga tepishi yomonde =)
  • ❤ 1
  • 💯 1
Post #1497 596
Bu yaramas CC orqali ancha muncha narsani bitirsa bo'ladi. Lekin shu erincholigimiz yoki ish ko'pligidan qo'l bormaydi =)

Nimaga yangi narsalarni ko'p o'rganasiz deb so'rashadi. Yangi narsada yangi g'oya va qulayliklar bo'ladi. Shuni o'z workflowga kiritish uchun =)
  • 🔥 3
Post #1495 482
Bir hafta terminal-native bo'lishga urindim: tmux, cmux, herdr, agterm — hammasini sinab ko'rdim.

Keyin o'ylab qarasam, ularning menga keragi yo'q ekan =)

Uchta sabab:

1. Ish uslubim papka asosida: bitta oyna = bitta loyiha. Loyihalar orasida sakrashni yoqtirmayman, lekin bitta loyiha ichida bemalol bir nechta ish olib boraman. Multiplexer'ning asosiy kuchi — ko'p sessiyani parallel ushlab turish — menda umuman ishlamas ekan: oynaning o'zi sessiya bo'lib chiqdi.

2. Takrorlanish. VS Code'da split ham, tab ham, panel ham bor. Multiplexer men allaqachon ega bo'lgan narsani qaytadan yasab berayotgan ekan. Yetishmayotgani — faqat keybinding'lar edi.

3. Har birining o'z narxi bor edi. agterm va cmux — alohida ilovalar: VS Code bilan ular orasida doim u yoqdan-bu yoqqa o'tib turish kerak. herdr va tmux — TUI, terminal ichida o'tiradi, lekin editor bilan bir xil tugmalarni va bir xil mental modelni talab qiladi.

Shuning uchun keybinding'larni tuzatdim.
  • 👍 1
  • 😁 1
Post #1494 407

Forwarded from Muhammadsaid - Blog

🔥 GigaChat jamoasi audio bilan ishlash uchun ikkita yangi ochiq modelni taqdim etdi: GigaAM Multilingual va GigaChat Audio.
Ular past resursli tillar — jumladan, o'zbek, qirg'iz va qozoq tillari — hamda uzoq audio yozuvlar uchun ishlab chiqilgan. Avvaliga ochiq kodli audio modellarining aksariyati asosan ingliz tili va qisqa fragmentlar uchun moslashtirilgan, qolgan tillarda sifati sezilarli darajada pasayardi.

🌍 GigaAM Multilingual

Ko‘p tilli nutqni matnga aylantirish (ASR) modeli.

✅ Qozoq, qirg'iz, o'zbek, rus va ingliz tillarini qo'llab-quvvatlaydi.
✅ 70 dan ortiq til va 2 million soatdan ortiq audio ma'lumotlarda o'qitilgan.
✅ Whisper va Omnilingual modellariga qaraganda yangi tillarga tezroq moslashadi.
✅ 240 million parametrli ixcham versiyasi ham Whisper Large v3 va Omnilingual 1B modelidan yuqori aniqlikni namoyish etadi.


🎙 GigaChat Audio

Audio bilan tabiiy muloqot qilishga mo'ljallangan yangi LLM.

🔘2 soatgacha bo'lgan audio yozuvlarni to'liq kontekst bilan tahlil qila oladi.
🔘Nutqni matnga aylantirish, tarjima qilish, audio tasniflash va ko'p bosqichli dialoglarni qo'llab-quvvatlaydi.
🔘Audio ichidagi muhim voqealarni topadi va ularni aniq vaqt belgisi bilan bog'laydi.
🔘 tilidagi topshiriqlarda Qwen3-Omni kabi raqobatchilarni ortda qoldirgan.
 
💡 Ikkala ishlanma ham ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etildi: tegishli maqolalar Interspeech 2026 konferensiyasiga qabul qilindi. Bu Markaziy Osiyo va Rossiya tillari bilan ishlaydigan loyihalar uchun yaxshi yangilik.
  • 🔥 1
Post #1491 273

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

"Clean Code" muallifi, Agile Manifest hammuallifi, 1970-yildan beri dasturchi. Ya'ni 55+ yillik tajribasi bor bo'lgan Bob Martin amaki aytyapti:
"Hozirgi strategiyam — agentlarim yozgan kodning hech birini o'qimaslik. Ularning unumdorligidan foydalanishning yagona yo'li shu."


Shu postidan keyin to'palang boshlanib ketsa bo'lama...

Uning mantig'i oddiy: AI odamdan ancha tez kod yozadi. Agar har bir qatorni o'qib chiqsangiz, butun tezlikni yo'qotasiz. Odam kod bilan sekin ishlaydi — demak kodning o'zidan uzoqlashib, yuqoriroq darajadan boshqarish kerak.

Tushunyapsizmi?

Lekin bu "ko'z yumib ishonish" emas.

O'qishning o'rniga u agentni qattiq cheklovlar bilan o'rab oladi:

• Unit testlar
• Acceptance testlar
• QA protseduralari
• Mutatsion test — kodga ataylab xato kiritib, testlar buni ushlaydimi deb tekshirish
• Test qamrovi (coverage)
• Siklomatik murakkablik chegaralari
• Modul o'lchamlari va bog'liqlik strukturasi tahlili
Kod shu "to'siqlar yo'lagi"dan o'tsa — unga ishonch yuqori bo'ladi, hech kim uni o'qimagan bo'lsa ham.

An'anaviy kodlash:
• NIMA yaratishni kim hal qiladi? — Odam
• Kod yozishni kim bilishi shart? — Odam
• Kodni kim yozadi? — Odam
• Sifat va xavfsizlik uchun kim javobgar? — Odam

Agentli kodlash:
• NIMA yaratishni kim hal qiladi? — Odam
• Kod yozishni kim bilishi shart? — Odam
• Kodni kim yozadi? — AI
• Sifat va xavfsizlik uchun kim javobgar? — Odam
  • 👍 10
  • 🤝 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →