"Hozirgi strategiyam — agentlarim yozgan kodning hech birini o'qimaslik. Ularning unumdorligidan foydalanishning yagona yo'li shu."
Shu postidan keyin to'palang boshlanib ketsa bo'lama...
Uning mantig'i oddiy: AI odamdan ancha tez kod yozadi. Agar har bir qatorni o'qib chiqsangiz, butun tezlikni yo'qotasiz. Odam kod bilan sekin ishlaydi — demak kodning o'zidan uzoqlashib, yuqoriroq darajadan boshqarish kerak.
Tushunyapsizmi?
Lekin bu "ko'z yumib ishonish" emas.
O'qishning o'rniga u agentni qattiq cheklovlar bilan o'rab oladi:
• Unit testlar
• Acceptance testlar
• QA protseduralari
• Mutatsion test — kodga ataylab xato kiritib, testlar buni ushlaydimi deb tekshirish
• Test qamrovi (coverage)
• Siklomatik murakkablik chegaralari
• Modul o'lchamlari va bog'liqlik strukturasi tahlili
Kod shu "to'siqlar yo'lagi"dan o'tsa — unga ishonch yuqori bo'ladi, hech kim uni o'qimagan bo'lsa ham.
An'anaviy kodlash:
• NIMA yaratishni kim hal qiladi? — Odam
• Kod yozishni kim bilishi shart? — Odam
• Kodni kim yozadi? — Odam
• Sifat va xavfsizlik uchun kim javobgar? — Odam
Agentli kodlash:
• NIMA yaratishni kim hal qiladi? — Odam
• Kod yozishni kim bilishi shart? — Odam
• Kodni kim yozadi? — AI
• Sifat va xavfsizlik uchun kim javobgar? — Odam