Bir hafta terminal-native bo'lishga urindim: tmux, cmux, herdr, agterm — hammasini sinab ko'rdim.
Keyin o'ylab qarasam, ularning menga keragi yo'q ekan =)
Uchta sabab:
1. Ish uslubim papka asosida: bitta oyna = bitta loyiha. Loyihalar orasida sakrashni yoqtirmayman, lekin bitta loyiha ichida bemalol bir nechta ish olib boraman. Multiplexer'ning asosiy kuchi — ko'p sessiyani parallel ushlab turish — menda umuman ishlamas ekan: oynaning o'zi sessiya bo'lib chiqdi.
2. Takrorlanish. VS Code'da split ham, tab ham, panel ham bor. Multiplexer men allaqachon ega bo'lgan narsani qaytadan yasab berayotgan ekan. Yetishmayotgani — faqat keybinding'lar edi.
3. Har birining o'z narxi bor edi. agterm va cmux — alohida ilovalar: VS Code bilan ular orasida doim u yoqdan-bu yoqqa o'tib turish kerak. herdr va tmux — TUI, terminal ichida o'tiradi, lekin editor bilan bir xil tugmalarni va bir xil mental modelni talab qiladi.
Shuning uchun keybinding'larni tuzatdim.
Post #1495
482

- 👍 1
- 😁 1