📌 Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan muhim va amaliy muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-191-son Farmoni hamda mazkur hujjat asosida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
🎓 Shuningdek, yig‘ilishning asosiy qismida o‘quvchilarni dunyoning nufuzli va yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli o‘qishga kiritish masalalari muhokama qilindi. Ochiq ruhda kechgan muloqot davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube







