#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi
📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
📆Imtihon sanasi: 2026-yil 7-noyabr
📃Imtihon turi: Digital
🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda
📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi
📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 27-oktabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.
📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
