#Prezident_maktabi
⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabida viloyatimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari — Termiz davlat universiteti, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektorlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🖇 Tadbirning asosiy maqsadi — yosh iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularga oliy taʼlim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini biriktirish, ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ilg‘or loyihalarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🤝 Mazkur hamkorlik maktab va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni yanada mustahkamlab, o‘quvchilarning kelgusida yetuk mutaxassis va olim bo‘lib yetishishlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube