#IT_Park
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari IT Park tomonidan tashkil etilgan “Ideaton” musobaqasida o‘zlarining startup loyihalari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.
✨Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini loyiha shaklida ishlab chiqib, ularning dolzarbligi, amaliy ahamiyati va kelajakdagi imkoniyatlarini taqdim etdilar. O‘quvchilarimiz ham jamoaviy mehnat, innovatsion fikrlash va muammolarga zamonaviy yechim topish ko‘nikmalarini namoyish etib, o‘z startup loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.
🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
II o‘rin — Feruza Hayrullayeva Faxrullayevna
III o‘rin — Chorshanbiyeva E’zoza Kamol qizi va Bobonazarova Binafsha Behzodovna
Ushbu natija o‘quvchilarimizning nafaqat bilim va ijodkorligini, balki o‘z g‘oyalarini real muammolarga yechim bo‘la oladigan loyihalarga aylantirish borasidagi salohiyatini ham namoyon etdi.
O'quvchilarimizni erishilgan natijalari bilan tabriklaymiz!💐💐💐
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube





