#Prezident_maktabi
#Turon_yakka_kurash
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish bugungi kun talablaridan biridir.
🔗Termiz shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarni jismonan baquvvat hamda vatanparvarlik ruhida kamol toptirish maqsadida O‘zbekiston Turon yakka kurash federatsiyasi Surxondaryo bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤝Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad Prezident maktabi o‘quvchilarini “Turon yakka kurashi” sport turiga keng jalb etish, ularga mazkur sport turining asosiy qoidalari, usullari va texnik-taktik sirlarini o‘rgatish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube




